12 447.350 so‘m

increase

86.490

14 545.970 so‘m

increase

66.460

146.080 so‘m

increase

0.420

12 447.350 so‘m

increase

86.490

3 kun avval
Work&life

Oracle asoschisi Larri Ellison Ilon Maskni ortda qoldirib, dunyoning eng boy odamiga aylandi

Oracle hammuassisi va texnologiyalar boʻyicha direktori Larri Ellison bir kunda 101 mlrd dollarga boyib, umumiy boyligini 393 mlrd dollarga yetkazdi. 

Bu Bloomberg indeksida qayd etilgan eng yirik bir kunlik oʻsish boʻldi. 

Ilon Mask esa 385 mlrd dollar bilan ikkinchi oʻringa tushdi.

Oracle asoschisi Larri Ellison Ilon Maskni ortda qoldirib, dunyoning eng boy odamiga aylandi
Foto: AI/Pinkod.uz

Ilon Mask dunyodagi eng boy odam unvonini Oracle kompaniyasi hammuassisi Larri Ellisonga boy berdi.

Bloomberg Billionaires Index maʼlumotlariga koʻra, Oracle Corp.ning chorak yakunlari kutilganidan yuqori boʻlgani hamda kelgusida oʻsish davom etishi eʼlon qilingach, Ellisonning boyligi bir kunda 101 milliard dollarga oshdi. 

Bu oʻsish uning umumiy boyligini 393 milliard dollarga yetkazdi. Ilon Mask esa 385 milliard dollar bilan ikkinchi oʻrinni egallab turibdi. Bu Bloomberg indeksida qayd etilgan eng katta bir kunlik oʻsish hisoblanadi.

Mask ilk bor 2021 yilda dunyodagi eng boy odamga aylangandi, biroq keyinchalik Amazon asoschisi Jeff Bezos va LVMH rahbari Bernard Arno foydasiga yetakchilikni qoʻldan boy bergan. Oʻtgan yili esa u yana peshqadamlikni qaytarib olib, qariyb bir yil davomida uni saqlab turgandi.

81 yoshli Ellison Oracel'ni hammuassis sifatida tashkil etgan boʻlib, hozirda kompaniya raisi va texnologiyalar boʻyicha direktori hisoblanadi. Uning boyligining asosiy qismi aynan shu dasturiy taʼminot kompaniyasi bilan bogʻliq.


Mavzuga doir: Larri Ellison qanday qilib dunyoning ikkinchi eng boy odamiga aylandi?


Oracle aksiyalari joriy yil boshidan buyon 45% ga oshgan boʻlsa, chorshanba kuni kompaniya buyurtmalarining keskin koʻpayishi va bulutli infratuzilma boʻyicha agressiv prognozidan keyin yana 41% ga koʻtarildi. Bu kompaniya tarixidagi eng yirik bir kunlik oʻsish boʻldi.

Ayni paytda Tesla aksiyalari yil boshidan beri 13 foizga pasaygan.


Avvalroq Pinkod Tesla direktorlar kengashi Ilon Maskka 2035 yilgacha qiymati 1 trillion dollarga teng mukofot paketi toʻlash ehtimoli haqida yozgan edi

Toʻliq paketni qoʻlga kiritishi uchun Mask 10 yil ichida kompaniya qiymatini 1,1 trillion dollardan 8,5 trillion dollargacha oshirishi, shuningdek foydani 17 milliard dollardan 400 milliard dollargacha koʻtarishi kerak boʻladi.


Yangilanish: 11 sentabr 9:00 holatiga koʻra Ilon Mask yana birinchi oʻringa chiqib oldi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+