12 676.110 so‘m

decrease

-18.860

14 975.560 so‘m

increase

97.060

161.560 so‘m

decrease

-0.040

12 676.110 so‘m

decrease

-18.860

16-iyun, 14:38
Bozor

Oltin narxi yana koʻtarilmoqda

15 iyun kuni oltinning bir troya unsiyasi narxi 3 452 dollargacha koʻtarildi. Markaziy bank muomalaga chiqargan oltin quymalari esa may oyidan beri eng yuqori darajaga yetdi.

Oltin narxi yana koʻtarilmoqda
Foto: AI / Pinkod.uz

Eron va Isroil oʻrtasidagi geosiyosiy keskinlik fonida investorlar xavfsiz aktiv sifatida oltinga boʻlgan talabni oshirmoqda. Bu esa oltin narxining yana oshishiga olib keldi.

15 iyun kuni oltinning bir troya unsiyasi 3 452 dollargacha koʻtarildi. Bu — aprel oyida qayd etilgan 3 500 dollarlik rekord darajaga yaqin. Shu kuni 1 gramm oltinning global bozor narxi qariyb 110 dollarga tenglashdi.

Xabar nashr qilinayotgan paytda oltin narxi bir troya unsiya uchun $3 417 ni tashkil qilmoqda. 

Avvalroq, Goldman Sachs oʻz prognozini yangilab, oltin narxi yil yakuniga qadar $3 700 ga yetishini maʼlum qilgan edi.

Oʻzbekiston bozorida oltin quyma narxlari

Global bozordagi oʻzgarishlar Oʻzbekiston ichki bozorida ham sezilmoqda. 2025 yil 16 iyun holatiga koʻra, oʻlchovli oltin quymalarining narxi yana oshdi. Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra:

  • 1 gramm – 1 445 400 soʻm
  • 5 gramm – 7 227 000 soʻm
  • 10 gramm – 14 454 000 soʻm
  • 20 gramm – 28 909 000 soʻm
  • 50 gramm – 72 272 000 soʻm
  • 100 gramm – 144 544 000 soʻm

Oltin quymalarini banklardan sotib olish imkoniyati mavjud. Banklarning manzillari va batafsil maʼlumotlarni Markaziy bank rasmiy saytidan topish mumkin

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+