12 937.160 so‘m

increase

23.970

13 937.200 so‘m

increase

28.400

154.550 so‘m

increase

0.380

12 937.160 so‘m

increase

23.970

7 kun avval
Bozor

Prognoz: 2025 yilda oltin narxi qanchagacha koʻtarilishi mumkin?

Jahonning yirik moliyaviy institutlari oltin narxi 2025 yilning birinchi choragidayoq $3 000 lik rekord darajaga yetganidan soʻng, optimistik prognozlar bermoqda. 

Pinkod esa ushbu tahminlarni tahlil qilib, ularni bir joyga jamladi.

Prognoz: 2025 yilda oltin narxi qanchagacha koʻtarilishi mumkin?
Foto: AI / Pinkod.uz

Oltin har doim iqtisodiy noaniqlik sharoitida eng ishonchli investitsiya vositalaridan biri boʻlib kelgan. Bugungi dunyoda ham xuddi shunday holat kuzatilmoqda.

Bir tomonda mamlakatlar oʻrtasida savdo urushlari davom etayotgan boʻlsa, yana bir tomonda geosiyosiy keskinlik va qurolli mojarolar kuchayib bormoqda. Buning natijasida oltin narxi 14 mart kuni ilk marotaba $3 000 dan yuqoriga koʻtarildi.

Mazkur oʻzgarishlar fonida, koʻpchilikda: "Oltin narxi bu yil yana qanchagacha koʻtariladi?" degan savol paydo boʻlishi tabiiy. 

Garchi oltin bozorini aniq prognoz qilish murakkab boʻlsa-da, moliyaviy institutlar 2025 yilning qolgan qismi uchun taxminiy prognozlarni taqdim etmoqda. Bugungi maqolada biz ushbu taxminlar va ularning sabablarini batafsil oʻrganamiz.

Eng yuqori prognoz

Eng yuqori prognozni Macquarie Group taqdim etgan boʻlib, uning taxminiga koʻra, 2025 yilning uchinchi choragida oltin narxi $3 500 ga yetishi mumkin. Ushbu prognoz quyidagi asosiy omillarga tayanadi:

Markaziy banklarning talabi – rivojlanayotgan davlatlarning markaziy banklari valyuta xavflaridan himoyalanish maqsadida oltin zaxiralarini koʻpaytirmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Markaziy banki ham yanvar oyida 8 tonna sof oltin xarid qilgan.

Iqtisodiy noaniqlik – savdo mojarolari va yirik iqtisodiyotlarning sekinlashish ehtimoli investorlarni xavfsiz aktivlarga yoʻnaltirmoqda.

AQSh Federal Rezerv tizimi(FED) siyosati – yil oxiriga borib foiz stavkalari pasayishi kutilmoqda, bu esa AQSh dollarini zaiflashtirib, oltinni jozibadorroq qiladi.

Boshqa yirik taxminlar

Macquarie eng yuqori prognozni bergan boʻlsa, boshqa yirik banklar ham optimistik bashoratlarni eʼlon qilgan:

UBS (Shveysariya) – $3 200+

Shveysariyaning yetakchi investitsion banklaridan biri boʻlgan UBS 2025 yilda oltin $3,200 dan yuqoriga koʻtarilishi mumkinligini taʼkidlamoqda. Bankning 2025 yil 17 fevralda eʼlon qilingan tahliliga koʻra, markaziy banklar tomonidan kuchli talab va bozorning umumiy optimizmi asosiy omillar sifatida koʻrsatilgan.

Goldman Sachs (AQSh)$3 100 – $3 300

Amerikaning transmilliy investitsiya banki Goldman Sachs 2025 yil oxiri uchun $3 100 lik narxni taxmin qilmoqda, ammo yanada optimistik ssenariyda $3 300 gacha yetishi mumkinligini bildirgan. Bank buni markaziy banklarning koʻproq oltin sotib olishi va siyosiy noaniqliklar bilan bogʻlamoqda.

Baʼzi manbalar bundan-da yuqoriroq prognozlarni berishgan, biroq ularning ishonchlilik darajasi ancha past ekanligi tufayli, tahlilni tayyorlash jarayonida inobatga olinmadi.

Ayni paytdagi oltin narxi

Hozirda (2025 yil 26 mart holatiga koʻra), jahon bozorida oltin $3 025 atrofida savdo qilinmoqda, bu esa yuqoridagi prognozlarga juda yaqindir. 

Oltin narxining 2025 yilda qanchaga koʻtarilishi aniq boʻlmasa-da, mavjud omillar uning barqaror oʻsishini qoʻllab-quvvatlayotgani koʻrsatib turibdi. Biroq, global iqtisodiy vaziyat barqarorlashsa yoki FED foiz stavkalarini tushirmasa, oltin narxi oshish oʻrniga pasayishi ham mumkin.

Oʻzbekistonda oltinni qanday sotib olish mumkin?

Oʻzbekistonda Markaziy bank tomonidan 999,9 soflikdagi oltindan  5, 10, 20, 50 va 100 grammli quymalar sotuvga chiqarilgan va quymalar narxini regulyator har kuni yangilab boradi. Misol uchun, 26 mart kuni amal quymalar uchun amal qiladigan narx quyidagicha:

  • 5 gr — 6 477 000 soʻm
  • 10 gr — 12 954 000 soʻm
  • 20 gr — 25 908 000 soʻm
  • 50 gr — 64 769 000 soʻm
  • 100 gr — 129 539 000 soʻm

Oltin quymalarini banklardan sotib olish imkoniyati mavjud. Banklarning manzillari va batafsil maʼlumotlarni Markaziy bank rasmiy saytidan topish mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+