12 051.710 so‘m

increase

88.930

14 008.910 so‘m

increase

121.320

154.690 so‘m

increase

0.750

12 051.710 so‘m

increase

88.930

21-may, 2025
Bank
456

Mikrokreditbank umumiy qiymati 2,1 trln soʻmlik oddiy aksiyalar chiqardi

Qimmatli qogʻozlar 19 may kuni davlat roʻyxatidan oʻtkazildi va yopiq obuna shaklida joylashtirilishi rejalashtirilgan.

Mikrokreditbank umumiy qiymati 2,1 trln soʻmlik oddiy aksiyalar chiqardi
Foto: AI / Pinkod.uz

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq umumiy qiymati 2 trillion 75 milliard soʻmga teng boʻlgan oddiy aksiyalarni emissiya qildi. Bu haqda Korporativ maʼlumotlar yagona portalida eʼlon qilindi.

Har bir aksiyaning nominal qiymati 1068 soʻm etib belgilangan boʻlib, jami 1 million 943 ming dona aksiya chiqarilgan. 

Qimmatli qogʻozlar 2025 yil 19 may kuni davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan va yopiq obuna shaklida joylashtirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Mikrokreditbankning 40 foizlik ulushi va BRB‘ning 25 foiz aksiyalari Milliy investitsiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan edi. 2025 yil 1 may kuni ushbu jamgʻarmani boshqarish huquqi xalqaro Franklin Templeton investitsiya guruhiga topshirildi.

Shuningdek, Mikrokreditbank 2025 yilning birinchi choragida 24 milliard soʻm sof foyda qayd etgan boʻlib, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 277,1 foizga koʻpdir.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+