12 900.000 so‘m

decrease

-20.160

14 595.060 so‘m

decrease

-86.120

157.320 so‘m

decrease

-1.290

12 900.000 so‘m

decrease

-20.160

2 kun avval
Iqtisodiyot

Franklin Templeton Oʻzbekistonning $1,7 mlrdlik davlat aktivlarini bir yil ichida xalqaro bozorlarda joylashtirmoqchi

Investitsiya guruhi Oʻzbekistonga qarashli banklar, shuningdek Uzbekistan Airways va boshqa kompaniyalardagi 18 ta minoritar ulushni 2026 yilning birinchi choragidayoq Toshkent va xorijiy fond bozorlarida IPO orqali joylashtirishni rejalashtirmoqda.

Franklin Templeton Oʻzbekistonning $1,7 mlrdlik davlat aktivlarini bir yil ichida xalqaro bozorlarda joylashtirmoqchi

AQShning Franklin Templeton investitsiya guruhi Oʻzbekistonni global investorlar xaritasiga kiritish rejasining bir qismi sifatida mamlakatning 1,7 milliard dollarlik davlat aktivlarini xalqaro bozorlarda joylashtirishni maqsad qilmoqda.

1 may kuni Oʻzbekiston Milliy Investitsiya Jamgʻarmasi (UzNIF) boshqaruvini oʻz zimmasiga olgan kompaniya Ruminiyada oʻzini oqlagan aksiyadorlarga foydali boʻlgan islohotlar modelini Oʻzbekistonda ham takrorlamoqchi.

Franklin Templeton vakili Marius Danning aytishiga koʻra, jamgʻarma Oʻzbekistonga qarashli banklar, shuningdek Uzbekistan Airways va boshqa kompaniyalardagi 18 ta minoritar ulushni 2026 yilning birinchi choragidayoq Toshkent va xorijiy fond bozorlarida IPO orqali joylashtirishni rejalashtirmoqda.

Bu jamgʻarma rivojlanayotgan mamlakatlarning xorijiy investorlarni jalb qilish va xalqaro obroʻsini oshirish maqsadida davlat aktivlarini xususiylashtirish harakatlarining bir qismi hisoblanadi.

Danning soʻzlariga koʻra, bu faqat kompaniyalar qiymatini oshirish emas, balki keyingi yillarda rivojlanayotgan bozorlarga sarmoya kiritish imkoniyatiga ega boʻlgan barcha institutsional investorlarni Oʻzbekistonda nima boʻlayotgani haqida xabardor qilishdir.

IPO katta ehtimol bilan London birjasida amalga oshiriladi. Investitsiya guruhi vakili bu haqda shunday degan:

"Menimcha, UzNIF’ni London fond bozorida roʻyxatga olish eng maqbul variantlardan biri boʻladi", — dedi. Chunki Londonda koʻplab investitsiya fondlari mavjud.

Danning aytishiga koʻra, UzNIF’ning IPO’si Toshkent fond birjasiga investorlar eʼtiborini tortishga xizmat qiladi. Fevral oyida ushbu birjada savdo hajmi $100 mln.dan kam boʻlib, umumiy kapitalizatsiyasi $19 mlrd. boʻlgan bozorning faqat $300 mln.i erkin muomalada boʻlgan.

Franklin Templeton Ruminiyada Fondul Proprietatea jamgʻarmasini boshqarib, mamlakatga global investorlar eʼtiborini jalb qila olgan edi. Bu jamgʻarma davlat kompaniyalaridagi ulushlar asosida tashkil etilgan boʻlib, ularni IPO va dividendlar orqali yuqori daromadga erishtirdi.

2011 yilda Ruminiyada birinchi marta roʻyxatdan oʻtgan Fondul aksiyalari 2024 yilgacha AQSh dollari hisobida 600 foizdan ortiq daromad keltirgan, bu koʻrsatkich koʻplab global bozorlardan yuqori boʻlgan. Fond 2015 yilda Londonda ham roʻyxatdan oʻtgan edi.

Ilk bor kommunizm qurbonlariga kompensatsiya maqsadida tashkil etilgan ushbu jamgʻarma aksiyadorlarga $7 milliarddan ortiq mablagʻni qaytargan, jumladan, 2023 yilda mamlakatning eng yirik energetika kompaniyasi $4,3 milliardlik IPO qilgan.

Dan taʼkidlashicha, UzNIF jamgʻarmasida aksiyalar minoritar boʻlsa-da, kompaniyalar kengashlariga aʼzo tayinlash huquqi boʻladi. "Bu huquqlarga ega boʻlishimiz hukumatning islohotlarga sodiqligidan dalolat beradi", — dedi u.

Oʻzbekiston hukumati tomonidan alohida IPO rejalashtirilgani sababli, UzNIF tarkibiga mamlakatning eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisi — Navoiy (NKMK) va ulkan mis koniga ega boʻlgan Olmaliq (OKMK) kirmaydi.

Maʼlumot uchun, NKMK 2025 yil ikkinchi choragida London fond birjasida qiymati $5,2 mlrdga teng boʻlgan aksiyalarni IPO qilmoqchi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+