12 937.930 so‘m

increase

45.020

14 665.140 so‘m

increase

152.880

161.100 so‘m

increase

0.760

12 937.930 so‘m

increase

45.020

2 kun avval
Iqtisodiyot

Markaziy bank 2025 yil uchun inflyatsiya prognozini oshirdi

Avvalgi prognozga koʻra, yillik inflyatsiya 6-7 foiz oraligʻida shakllanishi kerak edi. 

Markaziy bank 2025 yil uchun inflyatsiya prognozini oshirdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Markaziy bank yillik inflyatsiya prognozini 6-7 foizdan 8 foizga koʻtardi. Bu haqda Markaziy bankning pul-kredit siyosatiga oid sharhida keltirib oʻtilgan

Inflyatsion jarayonlarga taʼsir qiluvchi omillar, aholining va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari hamda tashqi iqtisodiy muhitdagi oʻzgarishlar prognozga tuzatishlar kiritilishiga sabab boʻlmoqda.

2025 yil mart oyi yakunlariga koʻra, aholining inflyatsion kutilmalari oʻtgan oyga nisbatan 1,1 foiz bandga kamayib, 14,2 foizni tashkil etdi. Tadbirkorlar orasida esa bu koʻrsatkich 0,8 foiz bandga pasayib, 13 foizga teng boʻldi. Ushbu ijobiy oʻzgarishlarda yoqilgʻi va energiya taʼminotining yaxshilanishi hamda milliy valyuta kursining barqarorligi muhim rol oʻynadi.

May oyida energiya tariflarining navbatdagi bosqichda erkinlashtiriladi. Garchi tariflar oʻtgan yilga nisbatan pastroq belgilangan boʻlsa-da, bu chora yillik inflyatsiya koʻrsatkichlarini pasaytirishga xizmat qilishi mumkin. Shu bilan birga, energiya narxlarining oshirilishi inflyatsiyaga ikkilamchi taʼsir koʻrsatishi ehtimoli yuqori boʻlib qolmoqda. Bunday holatda, taklif omillarini barqarorlashtirish va energiya taʼminoti uzluksizligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalqaro bozorlarda kuzatilayotgan narx oʻzgarishlari, asosiy savdo hamkor mamlakatlar valyutalarining mustahkamlanishi hamda soʻm almashuv kursining barqarorlashuvi fonida yaqin oylar davomida valyuta kursidan inflyatsiyaga sezilarli bosimlar kutilmayapti. Shu bilan birga, mamlakat ichida kreditlash hajmining oshishi va investitsion faollikning kuchayishi ichki talabni qoʻllab-quvvatlamoqda.

Meva-sabzavot mahsulotlarining oʻtgan yilgi past baza effekti hisobiga deflyatsion taʼsir qisqarib borishi va yaqin choraklarda bu guruh narxlarining yana oʻsish tendensiyasiga qaytishi kutilmoqda. Ushbu oʻzgarishlar yilning uchinchi va toʻrtinchi choraklarida inflatsiyaga sezilarli taʼsir koʻrsatadi.

Yakunda, Markaziy bank tomonidan inflyatsion prognozning 8 foiz atrofida belgilanishi joriy pul-kredit siyosatining qatʼiyligini saqlab qolgan holda, yilning ikkinchi yarmida inflyatsiyaning pasayuvchi tendensiyasiga oʻtishini taʼminlashi rejalashtirilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+