12 904.510 so‘m

decrease

-33.420

14 575.640 so‘m

decrease

-89.500

161.990 so‘m

increase

0.890

12 904.510 so‘m

decrease

-33.420

1 kun avval
Bank

Garantbank 2025 yilning birinchi choragini 12,5 milliard soʻmlik zarar bilan yakunladi

Mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1 586,5 foizga yoki deyarli 15 barobarga pasaygan.

Garantbank 2025 yilning birinchi choragini 12,5 milliard soʻmlik zarar bilan yakunladi
Foto: AI / Pinkod.uz

Garantbank 2025 yilning birinchi choragini 12,5 milliard soʻmlik zarar bilan yakunladi

Bu haqda bankning moliyaviy hisobotida maʼlum qilingan. Unga koʻra, sof foyda oʻtgan yilning shu davriga nisbatan keskin kamaygan — 1 586,5 foizga yoki deyarli 15 barobarga pasaygan.

Chorak yakuniga koʻra, bankning jami aktivlari 3,5 trillion soʻmni tashkil qilmoqda. Bu koʻrsatkich davr boshidan buyon 1,5 trillion soʻmga oshgan.

Hisobotga koʻra, bank bu davrda 94 milliard soʻmlik foizli daromad olgan. Biroq, lizing va kreditlardan kelib chiqadigan ehtimoliy zararlar hisobiga sof foizli daromad boʻyicha 1,1 milliard soʻm zarar qayd etilgan. Shu bilan birga, bankning foizsiz daromadlari 41,5 milliard soʻmni tashkil etgan.

Xodimlar ish haqi uchun 30,5 milliard soʻm sarflangan. Barcha xarajatlar chegirib tashlangach, bank chorakni 12 milliard 544 million soʻmlik zarar bilan yakunlagan.

2025 yil 1-aprel holatiga koʻra, Garantbankning jami kredit portfeli 742 milliard soʻmni tashkil etmoqda. Shundan 23,4 foizi yoki 174 milliard soʻmi muammoli kreditlar toifasiga kiradi.

Maʼlumot oʻrnida, bank 2024 yilni ham 64,3 milliard soʻmlik zarar bilan yakunlagandi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+