12 172.180 so‘m

increase

35.610

14 357.090 so‘m

increase

38.360

157.450 so‘m

decrease

-0.250

12 172.180 so‘m

increase

35.610

13 soat avval
Bozor
38

Fond birjasida “Kapital sugʻurta”ning imtiyozli aksiyalari boʻyicha savdolar vaqtincha toʻxtatildi

“Toshkent” Respublika fond birjasida “Kapital sugʻurta” AJning imtiyozli aksiyalari bilan savdolar keskin narx oʻsishi ortidan vaqtincha toʻxtatildi. Soʻnggi 10 ish kunida qimmatli qogʻozlar qiymati 257 foizdan ziyod oshgani sababli birja mazkur holatni oʻrganish jarayonini boshlagan.

Fond birjasida “Kapital sugʻurta”ning imtiyozli aksiyalari boʻyicha savdolar vaqtincha toʻxtatildi
Foto: AI/Pinkod.uz

“Toshkent” Respublika fond birjasida yana bir aksiyadorlik jamiyati qimmatli qogʻozlari bilan savdolar vaqtincha toʻxtatildi. 

Birja matbuot xizmati maʼlum qilishicha, 2026 yil 2 martdan boshlab “Kapital sugʻurta” AJning imtiyozli aksiyalari boʻyicha savdolar toʻxtatilgan.

Qaror qabul qilinishiga jamiyat aksiyalari narxining qisqa muddat ichida keskin oshgani sabab boʻlgan. Xususan, 2026 yil 16 fevraldan 27 fevralgacha boʻlgan 10 ish kuni davomida birjaning Main Board savdo maydonchasida kompaniya imtiyozli aksiyalari qiymati 257,14 foizdan ortiq oʻsishni qayd etgan.

Mazkur holatni har tomonlama oʻrganish hamda narxlarning bunday keskin oshishiga taʼsir qilgan omillarni tahlil qilish maqsadida, Qimmatli qogʻozlar savdosi qoidalarining 1687-bandiga muvofiq savdolar vaqtincha toʻxtatildi. 


Qoʻshimcha maʼlumotlar birjaning rasmiy kanallari orqali eʼlon qilinishi bildirilgan.

Avvalroq birjada Oʻzbektelekom aksiyalari savdosi ham vaqtincha toʻxtatilgandi

Bu qaror kompaniya tomonidan qoʻshimcha aksiyalar chiqarish orqali ustav kapitalini oshirish jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan. Xabarlarga koʻra, jamiyat ustav kapitalini qariyb 1 trillion soʻmga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+