12 128.020 so‘m

increase

29.900

14 419.000 so‘m

increase

65.790

158.520 so‘m

decrease

-0.120

12 128.020 so‘m

increase

29.900

6 soat avval
Bank
41

SQB va Ipoteka-bank aksiyalari nega keskin oshgani maʼlum boʻldi

Oʻtkazilgan tahlil natijalariga koʻra, bu holat individual investitsiya qarorlari, bank sektoriga investorlar qiziqishining ortishi hamda muhim korporativ axborotlar bilan izohlandi. 

Xususan, 8 yanvar kuni SQB’ning 30 foiz ulushi Milliy investitsiya jamgʻarmasiga oʻtgani aksiyalar narxiga taʼsir koʻrsatgan.

SQB va Ipoteka-bank aksiyalari nega keskin oshgani maʼlum boʻldi
Foto: AI/Pinkod.uz

2026 yil 21 yanvardan boshlab “Oʻzsanoatqurilishbank” (SQB) va “Ipoteka-bank” aksiyalari boʻyicha birja savdolari vaqtincha toʻxtatilgan edi

Bunga ushbu aksiyalar narxining qisqa muddat ichida sezilarli darajada oshgani va bu holatga taʼsir etgan omillarni batafsil oʻrganish zarurati sabab boʻlgan.

Kompleks tahlil doirasida bir qator asosiy omillar chuqur oʻrganildi. Xususan, banklar tomonidan eʼlon qilingan soʻnggi muhim faktlar, axborot muhiti va yangiliklar oqimi, moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlar, aksiyalar narxining soʻnggi uch yildagi tarixiy dinamikasi hamda amalga oshirilgan bitimlarning parametrlari tahlil qilindi.

Savdo faoliyatini doimiy monitoring qilish doirasida Birja tomonidan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning oddiy aksiyalari boʻyicha savdolarda ishtirok etgan 15 ta investitsiya vositachisi tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar alohida tartibda chuqur tahlil qilindi.

Tahlil natijalariga koʻra, investitsiya vositachilari quyidagi holatlarni tasdiqladi:

  • savdolar asosan bir martalik bitimlar koʻrinishida amalga oshirilgan;
  • operatsiyalar individual investitsiya qarorlari asosida bajarilgan;
  • aksiyalar kotirovkalarining oʻsishi emitent tomonidan muhim faktlar eʼlon qilinishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin;
  • bank sektoriga investorlar qiziqishining ortishi hamda bozordagi ijobiy kutilmalar ushbu jarayonni kuchaytirgan.

Shuningdek, 2026 yil 8 yanvar kuni openinfo.uz rasmiy veb-saytida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamgʻarmasi egaligiga “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning 30 foiz oddiy aksiyalari oʻtgani toʻgʻrisida axborot eʼlon qilingani aniqlangan. Ushbu xabar bozor ishtirokchilari uchun muhim signal boʻlib xizmat qilgani qayd etildi.

Xuddi shunday, savdo faoliyatini monitoring qilish jarayonida Birja tomonidan “Ipoteka-bank” ATIBning oddiy aksiyalari boʻyicha savdolarda ishtirok etgan investitsiya vositachilari tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar ham chuqur tahlil qilindi. Tahlil natijalariga koʻra, ushbu savdolar yuzasidan ijobiy xulosalar taqdim etilgan.

Natijada, aksiyalar boʻyicha savdolar 2026 yil 28 yanvardan boshlab 2026 yil 20 yanvar holatiga shakllangan yopilish narxi asosida qayta tiklandi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+