12 137.100 so‘m

decrease

-50.580

14 307.210 so‘m

decrease

-59.630

158.530 so‘m

decrease

-0.560

12 137.100 so‘m

decrease

-50.580

7 soat avval
Iqtisodiyot
33

“Oʻzbektelekom” ustav kapitalini qariyb 1 trln soʻmga yetkazmoqda

Kompaniya qoʻshimcha aksiyalar chiqarish orqali ustav fondini 326,2 mlrd soʻmdan 978,5 mlrd soʻmga yetkazishni rejalashtirmoqda. Emissiya 2019–2024 yillardagi sof foyda hisobidan amalga oshiriladi va aksiyalar amaldagi aksiyadorlar oʻrtasida yopiq obuna yoʻli bilan taqsimlanadi.

“Oʻzbektelekom” ustav kapitalini qariyb 1 trln soʻmga yetkazmoqda
Foto: AI/Pinkod.uz

“Oʻzbektelekom” AJ oʻzining ustav fondini qariyb ikki barobarga oshirib, 978,5 mlrd soʻmga yetkazish boʻyicha yirik qaror qabul qildi. Bu haqda bank korporativ maʼlumotida keltirib oʻtilgan

Qarorga koʻra, kompaniyaning ustav fondi hozirda 326,2 mlrd soʻmni tashkil qiladi. Chiqarilish natijasida ustav kapitali 652,3 mlrd soʻmga koʻpayib, 978,5 mlrd soʻmga yetkaziladi.

Ustav fondini oshirish 2019–2024 yillar yakuni boʻyicha olingan sof foyda hamda 2019 yilda amalga oshirilgan kapitallashtirish qoldigʻi hisobidan amalga oshiriladi.

Shu doirada nominal qiymati 1 154 soʻm boʻlgan 565 288 658 dona qoʻshimcha aksiya chiqariladi. Ularning 545 559 686 donasi oddiy, 19 728 972 donasi esa imtiyozli aksiyalardan iborat.

Aksiyalar mavjud aksiyadorlar oʻrtasida har 1 dona aksiyaga qoʻshimcha 2 dona aksiya nisbatida, yaʼni proporsional ravishda yopiq obuna yoʻli bilan nominal qiymatda joylashtiriladi.

Aksiyalarni joylashtirish ushbu chiqarilish davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab bir oy ichida amalga oshiriladi. Joylashtirish anderrayter jalb qilinmagan holda va birjadan tashqari uyushmagan bozorda oʻtkaziladi.


Avvalroq fond birjasida kompaniya aksiyalari bilan savdolar vaqtincha toʻxtatilgan edi

Kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq, 25 fevraldan boshlab ikki oy muddatga savdolar toʻxtatildi. Bu qarorga qoʻshimcha aksiyalar chiqarish orqali ustav kapitalini oshirish jarayoni sabab boʻlgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+