12 097.330 so‘m

decrease

-31.130

14 233.720 so‘m

decrease

-70.590

160.530 so‘m

increase

1.490

12 097.330 so‘m

decrease

-31.130

25-fevral, 14:42
Bank
280

Fond birjasida “Oʻzbektelekom” aksiyalari savdosi vaqtincha toʻxtatildi

Kompaniya ustav fondini kapitallashtirish va qoʻshimcha aksiyalar chiqarish jarayoni munosabati bilan savdolar 25 fevraldan boshlab ikki oyga toʻxtatilgan.

Fond birjasida “Oʻzbektelekom” aksiyalari savdosi vaqtincha toʻxtatildi
Foto: AI/Pinkod.uz

“Oʻzbektelekom” aksiyalari savdosi fond birjasida vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda Toshkent fond birjasi axborot xizmati maʼlum qildi.

Birja xabariga koʻra, kompaniya ixtiyorida qolgan daromad hisobidan ustav fondini kapitallashtirish va shu orqali qoʻshimcha aksiyalar chiqarish rejalashtirilgan. Mazkur jarayon aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan kompaniya tashabbusi asosida 2026 yil 25 fevraldan boshlab aksiyalar savdosi vaqtinchalik toʻxtatilgan. Birja dastlab savdolar qancha muddatga toʻxtatilgani haqida aniq maʼlumot bermagan.

Biroq Kap Depo investitsiya kompaniyasi xabariga koʻra, “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashining 28 yanvardagi yigʻilishida ustav fondini yillar davomida kompaniya ixtiyorida qoldirilgan mablagʻlarni kapitallashtirish hisobiga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq, aksiyalar savdosi 25 fevraldan boshlab ikki oy muddatga toʻxtatilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+