12 603.520 so‘m

increase

25.310

14 676.800 so‘m

increase

43.310

160.940 so‘m

increase

0.630

12 603.520 so‘m

increase

25.310

09-iyun, 16:17
Iqtisodiyot

Dollar rasmiy kursi qariyb 12 700 soʻmga tushdi

AQSh dollarining oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati 65,47 soʻmga kamayib, 12 712,05 soʻmni tashkil etdi.

Dollar rasmiy kursi qariyb 12 700 soʻmga tushdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2025 yil 10 iyundan boshlab kuchga kiradigan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi rasmiy kurslarini eʼlon qildi. Unga koʻra, AQSh dollarining kursi 65,47 soʻmga kamayib, 12 712,05 soʻmni tashkil etdi.

Valyuta kurslari quyidagicha belgilandi:

  • AQSh dollari — 12 712,05 soʻm (-65,47 soʻm)
  • Yevro — 14 524,04 soʻm (-65,86 soʻm)
  • Rossiya rubli — 161,10 soʻm (-0,44 soʻm)
  • Funt sterling — 17 252,79 soʻm (-79,92 soʻm)

Dollar kursining pasayishiga nima sabab boʻlmoqda?

Soʻnggi oylarda AQSh dollarining global bozordagi qadrsizlanishi kuzatilmoqda. Bunga, xususan, AQShda siyosiy beqarorlik va iqtisodiy siyosatdagi oʻzgarishlar, shuningdek, dollar indeksining bir necha yillik eng past darajaga tushib ketgani sabab boʻlmoqda. Bu esa oʻz navbatida Oʻzbekiston milliy valyutasi — soʻmning nisbiy mustahkamlanishiga zamin yaratmoqda.

Bundan tashqari, xorijdan yuborilayotgan pul oʻtkazmalari hajmi ham keskin ortgan. 2025 yilning birinchi choragida ularning umumiy miqdori 32 foizga oʻsib, 3,3 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu koʻrsatkich milliy valyutaga boʻlgan talabni kuchaytirib, uni barqarorlashtiruvchi omil sifatida namoyon boʻlmoqda.

Pul oʻtkazmalarining ortishiga Rossiya rublining dollarga nisbatan mustahkamlanishi ham taʼsir koʻrsatmoqda, bu esa dolzarb valyutalar oʻrtasidagi nisbatlarga bevosita taʼsir qiladi.


Avvalroq, S&P Global reyting agentligi kelgusi uch yildagi rasmiy kursi boʻyicha prognozlarini taqdim etgan edi

Unga koʻra dollarning oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati:

  • 2025 yilda — 13,566 soʻm
  • 2026 yilda — 14,244 soʻm
  • 2027 yilda — 14,957 soʻm
  • 2028 yilda — 15,704 soʻm

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+