Dollar kursi 11 oy ichida ilk marta 12 600 soʻmdan pastga tushdi
AQSh dollarining oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati 59,37 soʻmga pasayib, 12 559,26 soʻmni tashkil etdi. Bu 2024 yil 1 avgust kunidan beri qayd etilgan eng past koʻrsatkich.

Markaziy bank 2025 yil 20 iyundan boshlab kuchga kiradigan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi rasmiy kurslarini eʼlon qildi.
Unga koʻra, AQSh dollarining kursi 59,37 soʻmga pasayib, 12 559,26 soʻmni tashkil etdi. Bu 2024 yil 1 avgust kunidan beri qayd etilgan eng past koʻrsatkich.
Valyuta kurslari quyidagicha belgilandi:
AQSh dollari — 12 559,26 soʻm (-59,37 soʻm)
Yevro — 14 413,01 soʻm (-103,46 soʻm)
Rossiya rubli — 160,17 soʻm (-0,66 soʻm)
Funt sterling — 16 857,04 soʻm (-132,68 soʻm)
Mavzuga oid: Dollar kursining pasayishiga nima sabab boʻlmoqda?
Avvalroq, S&P Global reyting agentligi kelgusi uch yildagi rasmiy kursi boʻyicha prognozlarini taqdim etgan edi.
Unga koʻra dollarning oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati:
2025 yilda — 13,566 soʻm
2026 yilda — 14,244 soʻm
2027 yilda — 14,957 soʻm
2028 yilda — 15,704 soʻm