12 581.970 so‘m

increase

84.220

14 698.260 so‘m

increase

39.650

157.750 so‘m

increase

0.960

12 581.970 so‘m

increase

84.220

04-avgust, 12:55
Bozor

Apple 2025 yilning uchinchi fiskal choragini $94 mlrd daromad bilan yakunladi

Apple 2025 yilning uchinchi fiskal choragida $94,04 mlrd daromad va 23,43 mlrd sof foyda oldi. Kompaniya birgina iPhone savdosidan $44,58 mlrdlik tushum oldi.

Apple 2025 yilning uchinchi fiskal choragini $94 mlrd daromad bilan yakunladi
Foto: AI / Pinkod.uz

Apple kompaniyasi 2025 yilning uchinchi fiskal choragini $94,04 mlrd daromad bilan yakunladi. Mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 10 foizga yuqori. Bu haqda MacObserver nashri xabar berdi.

Sof foyda esa $23,43 mlrdga yetdi. Har bir aksiya uchun daromad $1,57 ni tashkil etib, yil davomida 12 foizlik oʻsishni qayd etdi. 

Ushbu natijalar Wall Street prognozlaridan ancha yuqoridir. Tahlilchilar Apple daromadini $89,22 mlrd atrofida boʻladi deb baholashgandi.

Daromaddagi asosiy oʻsishga iPhone sotuvidagi kuchli surʼat sabab boʻldi. Apple ushbu chorakda iPhone savdosidan $44,58 mlrdlik tushum oldi, bu oʻtgan yilga nisbatan $5 mlrdga koʻpdir.

Mac kompyuterlari ham barqaror oʻsishda davom etib, $8,05 mlrd daromad keltirdi. Xizmatlar segmenti esa $27,42 mlrd bilan kompaniya tarixidagi eng yuqori choraklik natijaga erishdi. Shu bilan birga, iPad sotuvi biroz pasayib, $6,58 mlrdni tashkil etdi. Kiyiladigan qurilmalar, uy mahsulotlari va aksessuarlar yoʻnalishidagi daromad esa $7,4 mlrd boʻldi.

Apple bosh direktori Tim Kuk kompaniyaning iyun choragidagi yutuqlarini quyidagicha izohladi: 

“Bugun Apple iPhone, Mac va xizmatlar segmentlarida ikki xonali oʻsish bilan tarixiy natijalarga erishganini faxr bilan eʼlon qiladi. Biz har bir mintaqada, butun dunyo boʻylab oʻsishni kuzatdik”.

Moliyaviy hisobotga koʻra, chorak davomida Appleʼning yalpi foydasi 43,72 milliard dollarni, operatsion foydasi esa $28,2 mlrdni tashkil etdi. Ilmiy-tadqiqot ishlari uchun $8,86 mlrd, maʼmuriy va savdo xarajatlari uchun esa $6,65 mlrd sarflandi.

Mintaqaviy koʻrsatkichlar ham barqaror oʻsishni tasdiqladi. Amerika bozori $41,2 mlrd, Yevropa $24 mlrd, Katta Xitoy $15,4 mlrd, Yaponiya $5,78 mlrd dollar va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi $7,67 mlrd dollar daromad keltirdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+