11 949.030 so‘m

decrease

-52.910

13 921.810 so‘m

decrease

-52.050

166.280 so‘m

decrease

-0.390

11 949.030 so‘m

decrease

-52.910

4 soat avval
Soliq
61

Andijonda Soliq ilovasi orqali 35,1 mlrd soʻmlik keshbek talon-toroj qilingani aniqlandi

6 nafar fuqaro va boshqalar 9 ta korxona tashkil qilib, ular orqali amalda moliyaviy operatsiyalar boʻlmaganiga qaramay, 1,1 trln soʻmlik soxta elektron hisob-fakturalar rasmiylashtirgan. Natijada Soliq ilovasi orqali 100 mingdan ortiq fuqaro nomiga keshbek chiqarilib, 35,1 mlrd soʻm byudjet mablagʻlari talon-toroj qilingan.

Andijonda Soliq ilovasi orqali 35,1 mlrd soʻmlik keshbek talon-toroj qilingani aniqlandi
Foto: AI/Pinkod.uz

Andijon viloyatida Soliq ilovasidagi keshbek mexanizmidan foydalangan holda 35,1 mlrd soʻm byudjet mablagʻlari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 6 nafar fuqaro va boshqalar oʻzaro til biriktirib, Oʻ.Q. nomiga 3 ta, N.Y. nomiga 5 ta hamda R.X. nomiga 1 ta korxona tashkil qilgan.

Ular ushbu korxonalar oʻrtasida amalda hech qanday moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilmagan boʻlsa-da, mart-aprel oylarida jami 1,1 trln soʻmlik mahsulot yetkazib berilgani haqida soxta elektron hisob-fakturalar rasmiylashtirgan.

Shundan soʻng goʻyoki savdodan tushgan mablagʻlar onlayn nazorat-kassa mashinalari orqali kirim qilingan va mahsulotlar fuqarolarga sotilgani haqida xarid cheklari chiqarilgan.

Natijada Soliq ilovasi orqali 100 mingdan ortiq fuqaro nomiga keshbek toʻlovlari amalga oshirilgan va jami 35,1 mlrd soʻm byudjet mablagʻlari talon-toroj qilingan.

Qayd etilishicha, viloyat soliq boshqarmasining masʼul shaxslari ushbu korxonalar tomonidan 1,1 trln soʻmlik EHFlar rasmiylashtirilgani boʻyicha ularning QQS guvohnomalarini bekor qilish choralarini koʻrmagan. Shuningdek, shubhali operatsiyalar haqida Departament organlariga xabar bermagan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi — oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish, 205-moddasi — hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish hamda 228-moddasi — hujjatlarni qalbakilashtirish bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+