11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

13 329.150 so‘m

decrease

-108.120

146.750 so‘m

increase

0.790

11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

3 soat avval
Soliq
64

Claude yoki ChatGPT: oʻzbekistonliklar qaysi AI’ga koʻproq pul toʻlamoqda?

2026 yilning toʻqqiz oyida Claude sunʼiy intellektini ishlab chiquvchi Anthropic kompaniyasi Oʻzbekistonda 116,1 mlrd soʻmlik xizmat koʻrsatdi. Bu ChatGPT yaratuvchisi OpenAI’ning 83,1 mlrd soʻmlik koʻrsatkichidan 33 mlrd soʻm yoki qariyb 40 foizga koʻp. Ayniqsa, uchinchi chorakda Anthropic’ning soliq toʻlovlari OpenAI’nikiga nisbatan tezroq oshgan.

Claude yoki ChatGPT: oʻzbekistonliklar qaysi AI’ga koʻproq pul toʻlamoqda?

2026 yilning yanvar–sentabr oylarida Anthropic (Claude) Oʻzbekiston byudjetiga 14 mlrd soʻm, OpenAI (ChatGPT) esa 10 mlrd soʻm soliq toʻlagan. Bu haqda Soliq qoʻmitasi maʼlumotlarida keltirib oʻtilgan.

Yil boshida vaziyat boshqacha edi. Birinchi chorakda OpenAI 21,5 mlrd soʻmlik xizmat koʻrsatib, 2,5 mlrd soʻm soliq toʻlagan. Anthropic’ning xizmatlari qiymati esa 12,6 mlrd soʻmni, soliq toʻlovlari 1,5 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Biroq ikkinchi chorakdan boshlab vaziyat oʻzgargan. Birinchi yarim yillik yakunida Anthropic’ning soliq toʻlovlari 6,3 mlrd soʻmga yetib, OpenAI’ning 5,6 mlrd soʻmlik natijasidan oshib ketgan.

Uchinchi chorakda ikki kompaniya oʻrtasidagi farq yanada kengaygan. Iyul–sentabr oylarida Anthropic 7,7 mlrd soʻm soliq toʻlagan. Bu uning dastlabki olti oydagi jami toʻlovlaridan ham koʻp.

OpenAI’ning uchinchi chorakdagi soliq toʻlovlari esa 4,4 mlrd soʻmni tashkil etgan. Natijada ushbu davrda Anthropic’ning koʻrsatkichi OpenAI’nikidan 75 foizga yuqori boʻlgan.

Taqqoslash uchun, birinchi chorakda OpenAI Anthropic’dan qariyb 67 foiz koʻproq soliq toʻlagan edi. Toʻqqiz oy yakuniga kelib esa Anthropic jami soliq toʻlovlari boʻyicha OpenAI’dan 40 foizga oldinga chiqdi.

Shu tariqa, Anthropic elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar reytingida beshinchi oʻringa koʻtarilgan. OpenAI esa oltinchi oʻrinni egallagan.

2025 yilda vaziyat boshqacha boʻlgan. Oʻsha yilning aprel oyida Oʻzbekistonda soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtgan OpenAI yil yakuniga qadar 57,8 mlrd soʻmlik xizmat koʻrsatib, 11,7 mlrd soʻm soliq toʻlagan. Anthropic esa 2025 yilning eng yirik oʻnta xorijiy soliq toʻlovchisi roʻyxatida boʻlmagan.

Umuman, 2026 yilning toʻqqiz oyida Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar soni 109 taga yetgan. Ularning jami xizmatlari qiymati bir yil ichida 85,2 foizga oshib, 1,94 trln soʻmni tashkil etgan.

Xorijiy kompaniyalardan tushgan soliqlar esa 124,8 mlrd soʻmdan 232,8 mlrd soʻmgacha koʻpaygan. Eng yirik soliq toʻlovchilar Apple (54,2 mlrd soʻm), Google (52,6 mlrd soʻm) va Meta (46,7 mlrd soʻm) boʻlgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+