12 109.020 so‘m

increase

75.740

14 139.700 so‘m

increase

78.810

150.310 so‘m

increase

1.010

12 109.020 so‘m

increase

75.740

09-oktabr, 2025
Bozor
1031

5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 8 million soʻmdan oshdi

9 oktabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi yana rekord yangiladi. 

Markaziy bank maʼlumotiga koʻra, bir gramm oltin 1 mln 608 ming soʻmni tashkil qildi, 5 grammli quyma esa ilk bor 8 mln 43 ming soʻmga yetdi. 

Yil boshidan beri narxlar 38 marta rekord yangilab, umumiy oʻsish 43,8 foizni tashkil qilmoqda.

5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 8 million soʻmdan oshdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi ketma-ket rekordlarni yangilamoqda.

Markaziy bank maʼlumotiga koʻra, 2025 yil 9 oktabr holatida bir gramm oltin quymaning narxi 1 mln 608 ming soʻmga yetdi. Shu tariqa, 5 grammli oltin quymaning narxi tarixda ilk bor 8 million soʻmdan oshdi.

Hozirda narxlar quyidagicha belgilangan:

  • 5 gramm — 8 mln 43 ming soʻm
  • 10 gramm — 16 mln 85 ming soʻm
  • 20 gramm — 32 mln 170 ming soʻm
  • 50 gramm — 80 mln 425 ming soʻm
  • 100 gramm — 160 mln 851 ming soʻm

Yil boshidan buyon Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi 38 marta rekord yangiladi. Shu davr mobaynida narxlar 43,8 foizga oshgan.

Narxlarning bunday keskin oʻsishi bevosita jahon bozoridagi holat bilan bogʻliq. Xususan, 8 oktabr kuni jahon bozorida oltinning narxi tarixda ilk bor 4 ming dollardan oshdi.

Oltin narxining koʻtarilishi hisobiga mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari ham rekordni yangilab, 55 mlrd dollarga yaqinlashdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+