12 603.520 so‘m

increase

25.310

14 676.800 so‘m

increase

43.310

160.940 so‘m

increase

0.630

12 603.520 so‘m

increase

25.310

8 soat avval
Iqtisodiyot

2025 yil 6 oyida Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasi $37 mlrdga yetdi

2025 yilning dastlabki yarmida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 37 milliard dollarga yetib, oʻtgan yilga nisbatan 16 foizdan ortiq oʻsdi. 

Eksportda asosiy ulush oltin hissasiga ($6,5 mlrd) toʻgʻri kelgan boʻlsa, importda mashina va texnik uskunalar yetakchi boʻldi. 

Tashqi savdodagi eng yirik hamkor Xitoy boʻlib, umumiy savdoning 17 foizi ushbu davlat hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

2025 yil 6 oyida Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasi $37 mlrdga yetdi
Foto: AI / Pinkod.uz

2025 yilning yanvar–iyun oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 37 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu koʻrsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan $5,1 mlrdga yoki 16,1 foizga oshgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlarida keltirib oʻtilgan.

Eksport

Hisobot davrida eksport hajmi $16,9 mlrdni tashkil etdi. Bu esa oʻtgan yilga nisbatan 29,1 foizlik oʻsishni anglatadi. Eksport hajmidagi bu sezilarli oʻsish, asosan, oltin eksporti hisobiga yuzaga kelgan.

Oʻzbekiston 2025 yilning dastlabki olti oyida umumiy qiymati $6,5 mlrdlik oltin eksport qilgan. Taqqoslash uchun, 2024 yil davomida eksport qilingan oltin hajmi $7,5 mlrdni tashkil etgan edi. Shunday qilib, joriy yilning birinchi yarmida mamlakat deyarli butun oʻtgan yilgi darajadagi oltin eksportini amalga oshirdi.

Bu holatni jahon bozorida oltin narxining keskin oshgani bilan izohlash mumkin. Jahon Oltin Kengashining hisoboti boʻyicha, Oʻzbekiston 27 tonna sof oltin eksport qilgan holda eng yirik eksportchi davlat boʻlib qolmoqda.

Biroq, iyun oyiga kelib oltin hajmi fizik jihatdan qariyb 10 tonnaga koʻpaydi, bu esa qiymat jihatdan $763 mlnlik oʻsishni anglatadi. Natijada oltin zaxiralari $38,4 mlrdga yetdi.

Bu holat Oʻzbekiston uchun ketma-ket toʻrt oy davom etgan oltin eksporti davri tugaganidan darak beradi. Narx tushishi tufayli mamlakat oltinni ushlab turish yoki sotib olishga eʼtibor qaratayotgan boʻlishi mumkin.

Oltindan tashqari, asosan sanoat tovarlari (10,9 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (7,2 %), kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar (5,8 %) va mineral yoqilgʻi, moylash materiallari va shunga oʻxshash materiallar (4,3 %) hissasi yuqori boʻldi.

Import

Shu davrda mamlakatning import hajmi $20,1 mlrdni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 7 foizga koʻpaygan. Import tarkibida quyidagi tovarlar yetakchi oʻrinlarni egalladi:

  • Mashinalar va transport vositalari — 32,9 %
  • Sanoat mahsulotlari — 16,0 %
  • Kimyoviy vositalar va shu kabi mahsulotlar — 12,9 %

Tashqi savdo hamkorlari

Oʻzbekiston tashqi savdosidagi eng yirik hamkor mamlakat sifatida Xitoy yetakchilikni saqlab qolmoqda. 2025 yilning olti oyida Xitoy bilan amalga oshirilgan savdo hajmi $6,6 mlrdni tashkil etdi (shundan eksport – $0,9 mlrd, import – $5,6 mlrd). Bu umumiy tashqi savdoning 17 foiziga teng.

Ikkinchi yirik savdo hamkor – Rossiya. Ushbu davlat bilan umumiy savdo hajmi $6 mlrd boʻlib, eksport $2 mlrd, import esa $4 mlrdga teng.

Uchinchi oʻrinda esa Qozogʻiston turibdi. Ushbu qoʻshni davlat bilan tashqi savdo aylanmasi $2,2 mlrdni tashkil etdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+