12 938.200 so‘m

decrease

-26.230

14 710.730 so‘m

decrease

-33.720

159.510 so‘m

increase

1.230

12 938.200 so‘m

decrease

-26.230

4 kun avval
Bank

Oʻzmilliybank birinchi chorakda deyarli yarim trillion soʻm sof foyda oldi

Ochiqlangan moliyaviy hisobotga koʻra, bank yilning dastlabki choragida 467,9 mlrd soʻm sof foyda olgan.

Oʻzmilliybank birinchi chorakda deyarli yarim trillion soʻm sof foyda oldi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (NBU) 2025 yil birinchi choragi uchun moliyaviy hisobotni eʼlon qildi. Hisobotda koʻrsatilishicha, bank chorak yakunida 467,9 milliard soʻm sof foyda qayd etgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan biroz (0,5 foiz) yuqoridir. Hozirda bankning umumiy aktivlari 136,9 trln soʻmga ($10,54 mlrd) yetgan boʻlib, yil boshidan beri 1,9 trln soʻmga oshgan. Ustav kapitali esa 16,2 trln soʻmni tashkil qilmoqda.

Yanvar-mart oylarida Milliy bank 4,1 trln soʻm foizli daromad olgan. Biroq, kredit va lizing faoliyatidan kelib chiqishi mumkin boʻlgan zararlar inobatga olinganda, foizli daromad boʻyicha 1,2 trln soʻm zarar qayd etilgan. Shu bilan birga, foizsiz daromadlar 2,4 trln soʻmni tashkil etdi.

Bank ushbu chorakda 17 mlrd soʻmlik soliq toʻlagan. Barcha xarajatlar chegirilgandan soʻng, sof foyda 467,9 mlrd soʻmni tashkil qildi.

Kredit portfeli holati

1 mart holatiga koʻra, NBU’ning kredit portfeli 108,1 trillion soʻmni tashkil etgan. Shuningdek, muammoli kreditlar miqdori 4 trillion soʻmga teng. Bank mazkur ikki koʻrsatkich boʻyicha mamlakatda yetakchi hisoblanadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+