12 938.200 so‘m

decrease

-26.230

14 710.730 so‘m

decrease

-33.720

159.510 so‘m

increase

1.230

12 938.200 so‘m

decrease

-26.230

7 kun avval
Bozor

Goldman Sachs 2025 yil uchun oltin narxi prognozini $3 700 gacha koʻtardi

Shuningdek, boshqa bir mashhur bank UBS oltin narxi bir unsiya uchun $3 500 ga chiqishini kutmoqda. 

Ikkala prognozga ham asosiy sabab sifatida Markaziy banklar tomonidan kuchli talab, global savdo mojarolari va retsessiya xavfining ortib borayotgani koʻrsatilmoqda.

Goldman Sachs 2025 yil uchun oltin narxi prognozini $3 700 gacha koʻtardi
Foto: AI / Pinkod.uz

Goldman Sachs va UBS Group 2025 yil uchun oltin narxi prognozlarini koʻtardi. Bunga asosiy sabab sifatida Markaziy banklarning oltin xaridiga boʻlgan kuchli talabi, savdo urushi va iqtisodiy retsessiya xavfi koʻrsatilmoqda.

Goldman Sachs - $3 700

Goldman Sachs oʻz prognozini joriy yilda uchinchi bor yangiladi. Endilikda Wall Street investitsion banki 2025 yilda oltin narxi $3 700 ga yetishini kutmoqda. Tashkilotning avvalgi prognozi $3 300 ni tashkil etgan edi.

Bankning tovarlar boʻyicha strategik mutaxassisi Lina Tomas oltin narxi yil davomida $3 650 dan $3 950 gacha boʻlgan diapazonda savdo qilinishini kutayotganini bildirdi.

Tahlilchilarning fikricha, bu oʻsishga Markaziy banklar tomonidan kutilganidan kuchliroq talab va retsessiya xavfining ortishi turtki bermoqda. Goldman mutaxassislari, obligatsiyalar bozoridagi bosimlar "oltinning retsessiyaga qarshi xavfsiz vosita sifatidagi noyob pozitsiyasiga boʻlgan ishonchimizni mustahkamladi", deya bu prognozga izoh bergan.

Bank iqtisodchilarining taʼkidlashicha, yaqin 12 oy ichida AQShda retsessiya boʻlish ehtimoli 45 foizni tashkil etadi. Agar bu ssenariy roʻy bersa, oltin narxi yil oxirigacha $3 880 ga yetishi mumkin — baʼzi holatlarda esa hatto $4 500 gacha koʻtarilishi ehtimoldan xoli emas.

UBS Group — $3 500

UBS bankining strategik tahlilchisi Joni Tevesning juma kuni eʼlon qilingan ikki alohida hisobotiga koʻra, 2025 yil dekabriga kelib oltin narxi bir unsiya uchun $3 500 dollarga yetishi mumkin.

Bank prognoziga koʻra, turli bozor ishtirokchilari — jumladan, Markaziy banklar, uzoq muddatli aktivlar boshqaruvchilari, makro fondlar, xususiy kapital egalari va chakana investorlar tomonidan oltinga nisbatan kuchli talab boʻlishi kutilmoqda.

Global savdo va geosiyosiy vaziyatdagi beqarorlik xavfsiz aktivlarga, xususan oltinga boʻlgan ehtiyojni orttirayotganiga eʼtibor qaratilgan. Biroq Tevesning taʼkidlashicha, bozorda hozircha oltinga qiziqish juda yuqori darajaga chiqmagan, bu esa oʻsish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar mavjudligini anglatadi.

"Bozordagi doimiy noaniqlik investorlarni portfellari tarkibini diversifikatsiya qilishga undamoqda, bu esa oltinga boʻlgan talabni oshiradi", — deydi u.


Eslatib oʻtamiz, yangi prognozlar oltin narxi oʻtgan haftada 6,6 foizga keskin oshib, dushanba kuni (14 aprel) bir unsiya uchun $3 245 dan yuqori yangi rekord darajaga chiqqanidan keyin eʼlon qilindi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+