12 937.160 so‘m

increase

23.970

13 937.200 so‘m

increase

28.400

154.550 so‘m

increase

0.380

12 937.160 so‘m

increase

23.970

24-mart, 13:10
Iqtisodiyot

Yanvar-fevral oylarida tashqi savdo aylanmasi $10,8 milliardga yetdi

Mazkur oylarda Oʻzbekiston $1,7 milliardlik oltin eksport qilib, uning ulushi umumiy eksport tarkibida 37,3% ga yetdi.

Tashqi savdoda Xitoy (19,2%) va Rossiya (14,9%) yetakchi hamkor davlatlar boʻlib qolmoqda.

Yanvar-fevral oylarida tashqi savdo aylanmasi $10,8 milliardga yetdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025 yil yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 10,8 milliard AQSh dollariga yetdi. Bu koʻrsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 973,3 million AQSh dollariga yoki 9,9% ga oshgan.

Eksport hajmi 4,6 milliard AQSh dollarni tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan 27,7% ga oʻsdi. Import esa 6,2 milliard AQSh dollariga yetib, 0,6% ga kamaydi. Natijada tashqi savdo balansida 1,55 milliard AQSh dollari miqdorida manfiy savdo qayd etildi.

Oʻzbekiston 162 ta davlat bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi. Tashqi savdo aylanmasida eng katta ulush quyidagi davlatlarga toʻgʻri keldi:

  • Xitoy – 19,2%
  • Rossiya – 14,9%
  • Qozogʻiston – 6,1%
  • Turkiya – 3,9%
  • Afgʻoniston – 2,5%

Eksport tarkibida oltinning ulushi sezilarli darajada oshdi. 2025 yil yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston 1,7 milliard AQSh dollari qiymatida oltin eksport qildi, bu esa umumiy eksportning 37,3% ini tashkil etdi. Mazkur sotuvlar oltin narxi yuqorilagan paytida amalga oshirilgan. 


Mavzuga doir: Xalqaro oltin-valyuta zaxiralari ilk marotaba $45 mlrdga yaqinlashdi


Bundan tashqari, sanoat mahsulotlari eksporti 12,4%, oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar 6,3%, kimyoviy mahsulotlar 5,9%, tayyor mahsulotlar esa 3,9% ulushga ega boʻldi. Xizmatlar eksporti 1,176 milliard AQSh dollariga yetib, umumiy eksportning 25,3% ini tashkil etdi.

Import hajmi 6,202 milliard AQSh dollariga teng boʻlib, uning asosiy qismini quyidagi tovarlar tashkil etdi:

  • Mashina va transport vositalari – 36,8%
  • Sanoat mahsulotlari – 16,5%
  • Kimyoviy vositalar va farmatsevtika mahsulotlari – 12,2%

Eng koʻp import qilingan mahsulotlar qatorida don mahsulotlari, neft va neft mahsulotlari, avtomobillar hamda farmatsevtika vositalari yetakchilik qildi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+