12 412.980 so‘m

increase

58.330

14 386.640 so‘m

increase

2.120

154.280 so‘m

increase

0.350

12 412.980 so‘m

increase

58.330

6 soat avval
Iqtisodiyot

Yana ikkita oltin koni yaqinda tashkil qilingan xitoy kompaniyasiga sotilgani maʼlum boʻldi

Navoiy viloyatidagi “Korumdi” va “Jonkeldi” oltin konlari boʻyicha oʻtkazilgan auksionlarda ikki hafta avval roʻyxatdan oʻtgan “Xinyuan Mining” kompaniyasi gʻolib boʻldi. 

Avvalroq, tashkil etilganiga 20 kun ham toʻlmagan boshqa bir xitoy kompaniyasi Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi ikki oltin konidan foydalanish huquqini qoʻlga kiritgani xabar qilingandi.

Yana ikkita oltin koni yaqinda tashkil qilingan xitoy kompaniyasiga sotilgani maʼlum boʻldi
Foto: AI / Pinkod.uz

22 yanvar kuni E-auksion platformasida Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi “Korumdi” uchastkasidan foydalanish huquqi savdoga qoʻyildi.

Boshlangʻich narxi 4,12 mlrd soʻm etib belgilangan lot uchun savdo 5 soat 41 daqiqa davom etdi. Yakunda “Xinyuan Mining” kompaniyasi 25,5 mlrd soʻmlik taklif bilan gʻolib chiqdi. Bu boshlangʻich narxdan qariyb 6,2 baravar yuqori koʻrsatkichdir.

“Korumdi” uchastkasi Nurota tumanidan 23 km shimoliy-sharqda joylashgan boʻlib, 127 gektar maydonga ega. Geologik baholashlarga koʻra, bu hududda 1,7 tonna oltin va 3,6 tonna kumush zaxiralari mavjud.

“Xinyuan Mining” bundan bir kun avval yana bir oltin koni boʻyicha auksionda ham gʻolib boʻlgan. 21 avgust kuni “Jonkeldi” uchastkasi boʻyicha savdo boʻlib oʻtgan. Boshlangʻich narxi 4,12 mlrd soʻm boʻlgan lotni kompaniya 12,2 mlrd soʻmlik taklif bilan yutib olgan.

Mazkur obʼekt Navoiy viloyati, Nurota tumanidan, Konimex shaharchasidan 22,5 km shimoliy-sharqda joylashgan boʻlib, 90 gektar maydonda 4 tonna oltin va 13,9 tonna kumush borligi baholangan.

Qiziqarli tomoni, ushbu ikkita obʼektni yutib olgan “Xinyuan Mining” 8 avgust kuni, yaʼni savdodan ikki hafta avval roʻyxatdan oʻtgan. Bu avvalroq Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi ikkita oltin konidan foydalanish huquqini yutib olganZhongcheng Mining” kompaniyasi roʻyxatdan oʻtgan kun bilan bir xildir.

Ochiq maʼlumotlarga koʻra, “Xinyuan Mining” aksiyadorlari sifatida uchta xorijlik jismoniy shaxs — Xiao Naixa (55%), Chen Chen (25%) va Vu Siqi (20%) qayd etilgan.


Avvalroq Pinkod Oʻzbekistonda qisqa muddat ichida toʻrtta oltin konidan foydalanish huquqi sotilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek, nashr oʻrganishlariga koʻra, avgust oyida xitoylik investorlarga aloqador boʻlishi mumkin boʻlgan korxonalar kamida beshta oltin koni boʻyicha auksionda yutib chiqqan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+