12 909.190 so‘m

decrease

-20.180

13 935.470 so‘m

decrease

-28.250

153.300 so‘m

increase

0.430

12 909.190 so‘m

decrease

-20.180

17-mart, 13:03
Iqtisodiyot

Toshkentda oʻrtacha taʼmirlangan uylar ijarasi arzonlashishda davom etmoqda

Mazkur segmentdagi xonadonlar uchun ijara narxi oktabr oyidan beri sezilarli darajada arzonlagan boʻlsa, toʻliq taʼmirlangan uylar ijarasi qimmatladi.

Ijarada turish uchun Sergeli hozirda ikkala segmentda ham eng arzon tuman boʻlib turibdi. Ushbu hududda ijara narxi taʼmir darajasi va hajmga qarab $297 dan $639 gacha oʻzgaradi.

Toshkentda oʻrtacha taʼmirlangan uylar ijarasi arzonlashishda davom etmoqda
Foto: AI / Pinkod.uz

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tomonidan joriy yil yanvar oyidagi ijara narxlari tahlili oʻtkazildi

Poytaxtda oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar ijara narxlari 2024 yilning noyabr oyidan beri arzonlab kelayotgan boʻlsa, toʻliq taʼmirlangan 3 va 4 xonali xonadonlar uchun oʻrtacha ijara narxlarida koʻtarilish kuzatildi.

Oʻrtacha taʼmirlangan uy-joylar ijarasi

Oʻrtacha taʼmirlangan uy-joylar segmentidagi barcha hajmli xonadonlar narxi tushishi kuzatilgan:

  • 1 xonali: $323 (oʻtgan yilning oktabr oyiga ($331)  nisbatan -2.4%)
  • 2 xonali: $393 (oʻtgan yilning oktabr oyiga ($414) nisbatan -5.2%)
  • 3 xonali: $480 (oʻtgan yilning oktabr oyiga ($494) nisbatan -2.9%)
  • 4 xonali: $545 (oʻtgan yilning oktabr oyiga ($623) nisbatan -12.5%)

Hududlar kesimida

Eng arzon narxlar (AQSh dollari):

TumanlarSergeliOlmazor
1 xonali$297$288
2 xonali$366$351
3 xonali$415$417
4 xonali$423$488

Eng qimmat narxlar (AQSh dollari):

TumanlarShayxontohurYakkasaroy
1 xonali$347$383
2 xonali$462$511
3 xonali$568$646
4 xonali$694$675

Toʻliq taʼmirlangan uy-joylar ijarasi

Mazkur davrda toʻliq taʼmirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari oʻtgan yilning oktabr oyiga nisbatan quyidagicha oʻzgardi:

  • 1 xonali: $420 (oʻtgan yilning oktabr oyiga ($422)  nisbatan -0.6%)
  • 2 xonali: $592 (oʻtgan yilning oktabr oyiga ($600) nisbatan -1.1%)
  • 3 xonali: $857 (oʻtgan yilning oktabr oyiga ($834) nisbatan +2.8%)
  • 4 xonali: $1160 (oʻtgan yilning oktabr oyiga ($1118) nisbatan +3.8%)

Mavzuga doir: Toshkentda uy-joy sotib olish uchun deyarli 15 yil vaqt ketadi


Hududlar kesimida

Eng arzon narxlar (AQSh dollari):

TumanlarSergeliUchtepa
1 xonali$323$377
2 xonali$417$436
3 xonali$517$560
4 xonali$639$586

Eng qimmat narxlar (AQSh dollari):

TumanlarMirobodShayxontohur
1 xonali$485$515
2 xonali$746$748
3 xonali$1051$1094
4 xonali$1344$1462

Ijara narxlari olx.uz platformasi orqali olingan ochiq maʼlumotlar asosida tahlil qilingan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+