12 242.170 so‘m

increase

17.010

14 522.890 so‘m

decrease

-37.280

159.900 so‘m

decrease

-2.110

12 242.170 so‘m

increase

17.010

1 kun avval
Bank
65

Toshkentda bankir va uning sheriklari 120 ming dollarlik kreditni qimorga tikib yubordi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi tijorat banki filialida ishlovchi bankir sheriklari bilan til biriktirib, 120 ming AQSh dollari miqdoridagi kredit mablagʻini qoʻlga kiritgan. 

Ushbu mablagʻ internet tarmoqlaridagi qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarga sarflangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentda bankir va uning sheriklari 120 ming dollarlik kreditni qimorga tikib yubordi
Foto: AI/Pinkod.uz

Toshkent shahrida 120 ming AQSh dollarini internet tarmoqlaridagi qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarga tikib, talon-toroj qilgan shaxslar fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Departamentning Yashnobod tumani boʻlimi tijorat bankining murojaati asosida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida Yashnobod tumanidagi bank filialida boʻlim boshligʻi vazifasida ishlagan E.N. boshqa masʼul shaxslar bilan oʻzaro til biriktirgani aniqlangan.

U “A.” MChJ masʼullari bilan kelishgan holda “B.B.” MChJ nomiga 120 ming AQSh dollari miqdorida kredit ajratilishiga erishgan. Shundan soʻng soxta hujjatlar rasmiylashtirilib, kredit mablagʻlari naqdlashtirilgan hamda ushbu pullar internet orqali qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarga sarflanib, talon-toroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar va blankalarni tayyorlash, qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Avvalroq Fargʻonada hokim yordamchilari tomonidan 40 mlrd soʻmlik kredit mablagʻlari talon-toroj qilingani xabar qilingan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+