12 412.980 so‘m

increase

58.330

14 386.640 so‘m

increase

2.120

154.280 so‘m

increase

0.350

12 412.980 so‘m

increase

58.330

5 kun avval
Bank

Fargʻonada hokim yordamchilari tomonidan 40 mlrd soʻmlik kredit mablagʻlari talon-toroj qilindi

Fargʻona viloyatida 2024–2025 yillarda jami 26 nafar hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Ular imtiyozli kredit mablagʻlaridan 40 mlrd soʻmni maqsadsiz sarflab, talon-toroj qilgani aniqlangan.

Fargʻonada hokim yordamchilari tomonidan 40 mlrd soʻmlik kredit mablagʻlari talon-toroj qilindi
Foto: AI / Pinkod.uz

Fargʻona viloyatida 2024 va 2025 yillarda olib borilgan tekshiruvlar davomida jami 26 nafar hokim yordamchisining qonunbuzarlik holatlari aniqlandi. Ular tomonidan 40 mlrd soʻmlik kredit mablagʻlari talon-toroj qilingani maʼlum boʻldi.

Xususan, 2024 yilda 10 nafar, joriy yilning oʻtgan davrida esa 16 nafar hokim yordamchisi imtiyozli kredit mablagʻlaridan maqsadsiz foydalangani uchun ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Nazorat tadbirlari jarayonida Fargʻona shahridagi hokim yordamchilari 1666 ta holatda 37 mlrd soʻm kredit mablagʻlarini talon-toroj qilgani yoki maqsadsiz sarflagani aniqlangan.

Masalan, Qirguli mahallasidagi hokim yordamchisi T. Quva tumanida yashovchi uch nafar fuqaro nomiga ularning xabarisiz 33 million soʻmdan kredit rasmiylashtirib, mablagʻlarni oʻzlashtirgan.

Maʼlumot uchun, Prezidentning 2021 yildagi PQ-55-sonli qaroriga muvofiq, hokim yordamchilari mahallalarda davlat dasturlari doirasida ajratilgan kreditlarni maqsadli ishlatish va ularning samaradorligini monitoring qilish vazifasi yuklatilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+