12 015.960 so‘m

decrease

-26.530

14 051.460 so‘m

decrease

-96.060

160.300 so‘m

decrease

-0.250

12 015.960 so‘m

decrease

-26.530

2 soat avval
Bank
30

Tadbirkorlar P2P toʻlovlari orqali 21,5 mlrd soʻm tushum yashirgani aniqlandi

Soliq qoʻmitasi fiskal chek bermasdan P2P oʻtkazmalar orqali toʻlov qabul qilgan tadbirkorlar faoliyati yuzasidan 481 ta sayyor tekshiruv oʻtkazdi. Tekshiruvlarda ayrim tadbirkorlar jismoniy shaxslar kartalariga jami 21,5 mlrd soʻm mablagʻ qabul qilgani va 32 mln soʻmdan ortiq chek bermaslik holatlari aniqlandi. Natijada 464 ta tadbirkorga nisbatan 7 mlrd soʻmdan ortiq moliyaviy jarimalar qoʻllanildi.

Tadbirkorlar P2P toʻlovlari orqali 21,5 mlrd soʻm tushum yashirgani aniqlandi
Foto: AI/Pinkod.uz

Soliq qoʻmitasi fiskal chek bermasdan P2P oʻtkazmalar orqali toʻlov qabul qilgan tadbirkorlar faoliyati yuzasidan 481 ta sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazdi.

Tekshiruvlar davomida 32 mln soʻmdan ortiq chek bermaslik holatlari aniqlandi. Shuningdek, masalani oʻrganish doirasida tijorat banklariga 411 ta soʻrov yuborilgan.

Qoʻmita maʼlumotiga koʻra, ayrim tadbirkorlar faoliyati davomida jismoniy shaxslarning bank kartalariga jami 21,5 mlrd soʻm mablagʻ qabul qilgani aniqlangan.

Tekshiruvlar yakunida 464 ta tadbirkorga nisbatan 7 mlrd soʻmdan ortiq moliyaviy jarimalar qoʻllanildi.

Qoʻmitaning taʼkidlashicha, tovar va xizmatlar uchun xarid chekini bermasdan P2P oʻtkazmalar orqali hisob-kitob qilish soliqdan qochish, tushumlarni kamaytirib koʻrsatish hamda yashirin iqtisodiyot rivojlanishiga sharoit yaratadi.


Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga karta orqali oʻtkazmalarda “oʻtkazma maqsadini koʻrsatish” funksiyasini joriy etish boʻyicha koʻrsatma yuborilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Unda ushbu talabni joriy etmagan banklar va toʻlov tashkilotlariga nisbatan choralar koʻrilishi mumkinligi aytilgan.

Keyinchalik Markaziy bank ushbu talab ixtiyoriy ravishda joriy etilishini taʼkidlagan edi. Soʻngra ayrim manbalarda P2P oʻtkazmalarida maqsadni majburiy koʻrsatish tartibi bekor qilingani haqida xabarlar ham tarqaldi.

Markaziy bank matbuot xizmati Pinkod soʻroviga koʻra ushbu holatga izoh berdi. Unga koʻra, mazkur xat boshidan koʻrsatma xususiyatiga ega boʻlib, tavsiyaviy va ixtiyoriy tartibda taqdim etilgan.

“Biroq ayrim holatlarda ushbu xat mazmuni notoʻgʻri talqin qilingani kuzatildi. Shu munosabat bilan, notoʻgʻri tushunchalarning oldi olish maqsadida Markaziy bankning rasmiy veb-saytida 2026 yil 5 mart kuni banklarga qaratilgan ra murojaat va tushuntirish eʼlon qilindi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda soʻnggi vaqtlarda tarqalayotgan ayrim talqinlar yangi emas, mazkur talab majburiy emasligi 5 martdayoq rasman eʼlon qilingan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+