12 581.970 so‘m

increase

84.220

14 698.260 so‘m

increase

39.650

157.750 so‘m

increase

0.960

12 581.970 so‘m

increase

84.220

05-avgust, 17:27
Bank

Qozogʻiston yoki Oʻzbekiston: yarim yillikda qayerdagi banklar koʻproq foyda oldi?

2025 yilning birinchi yarmida Qozogʻiston banklari 2,6 milliard dollar sof foyda koʻrdi. Bu Oʻzbekiston banklari umumiy foydasidan besh baravar koʻproqdir.

Pinkod ikki davlat banklarining olti oy ichida qayd etgan sof foydasini tahlil qilib, ularni taqqoslab chiqdi.

Qozogʻiston yoki Oʻzbekiston: yarim yillikda qayerdagi banklar koʻproq foyda oldi?
Foto: AI / Pinkod.uz

2025 yilning birinchi yarmi boʻyicha Oʻzbekiston va Qozogʻiston banklarining moliyaviy hisobotlari eʼlon qilindi. Pinkod ikki davlat banklarining olti oy ichida qayd etgan sof foydasini taqqoslab chiqdi.

Oʻzbekiston banklari — 6,5 trln soʻm (515 mln dollar)

Korporativ maʼlumotlarga koʻra, 2025 yilning birinchi yarmida Oʻzbekiston banklari umumiy hisobda 6,5 trillion soʻm sof foyda koʻrdi. Bu miqdor Markaziy bank kursi boʻyicha 515 mln AQSh dollariga teng.

Mazkur koʻrsatkich oʻtgan yarim yillikka nisbatan 991 mlrd soʻm yoki 18 foizga koʻproqdir.

Eng koʻp foyda olgan beshta bank:

Roʻyxatdagi banklarning ikkitasi davlatga, uchtasi esa xususiy sektorga tegishli.

Qozogʻiston — 1,4 trln tenge (2,59 mlrd dollar)

Qozogʻiston Milliy banki maʼlumotiga koʻra, mamlakat banklari 2025 yilning birinchi yarmida 1,4 trln tenge (taxminan 2,59 mlrd dollar) sof foyda oldi. Bu natija Oʻzbekiston banklari foydasidan 5 barobar koʻpdir.

Qozogʻistonning eng daromadli banki — Halyk Bank boʻlib, u birinchi yarim yillikda 473,9 milliard tenge yoki 877 million dollar sof foyda qayd etgan. Bu koʻrsatkich Oʻzbekistondagi barcha 36 ta bankning umumiy foydasidan ham yuqori.

Shuningdek, Kaspi Bank 490 million dollar, Bank CentrCredit 254,2 million dollar, Alatau City Bank 187,4 million dollar va Forte Bank  esa 181 million dollar sof foyda olgan.

Bu davrda ikki davlat oʻrtasidagi moliyaviy aloqalar ham faollashdi. Oʻzbekistonning yirik fintech kompaniyasi Click va Qozogʻistonning Halyk Banki oʻrtasida strategik hamkorlik yuzasidan muhim bitim imzolandi. 

Bitimga koʻra, Halyk Bank Click kompaniyasining 49 foiz ulushini 176,4 million dollarga xarid qiladi. Oʻz navbatida, Click aksiyadorlari Halyk Bankʼning Oʻzbekistondagi shoʻba banki — Tenge Bank ATBning 49 foiz aksiya $60,76 million evaziga xarid qiladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+