12 962.980 so‘m

increase

14.880

13 377.800 so‘m

decrease

-124.480

123.680 so‘m

increase

2.670

12 962.980 so‘m

increase

14.880

21-dekabr, 2024
FinLit

Pulning haqiqiy ekanligini qanday qilib tekshirsa boʻladi?

Banknotadagi maxsus belgilar pulning haqiqiy yoki yoʻqligini tekshirishning eng asosiy yoʻli boʻlib, buning 5 xil usuli mavjud.

Pulning haqiqiy ekanligini qanday qilib tekshirsa boʻladi?
Foto: AI

Banknota haqiqiy yoki soxta ekanligini aniqlashning eng oson yoʻli — uni yaqin atrofdagi bankka olib borishdir. Bu usul eng oson va ishonchlisi hisoblansa-da, biroq juda noqulay. Shu sababli quyidagi usullar orqali pulning soxta yoki yoʻqligini tekshirib olish mumkin.

Har bir banknotada maxsus elementlar mavjud boʻladi. Aynan ushbu elementlar haqida maʼlumotga ega boʻlish sizga firibgarlikdan himoyalanishga yordam beradi. Demak, odatda haqiqiy pulda quyidagi elementlar mavjud boʻladi.

Suv belgisi — pulni yorugʻlikka qarshi qoʻyib koʻring, unda banknotaning dizayniga mos tushadigan belgi (masalan, portret yoki raqamlar) koʻrinadi. Suv belgisi aniq va nozik chiziqlar bilan hosil qilingan boʻladi.

Himoya ipi — banknotaning ichidan oʻtadigan yupqa metall ipni yorugʻlikka qarshi qaraganda koʻrishingiz mumkin. Baʼzi pullarda himoya ipida matn yoki raqam yozilgan boʻladi.

Koʻzga koʻrinmaydigan yozuvlar mavjudligi — banknotaning yuzasida lupa yordamida koʻrinadigan mayda matnlar boʻlishi mumkin. Bu yozuvlar haqiqiy pulda juda aniq va toza boʻladi.

Relefli yuzalar (qavariq boʻyoq) — ayrim joylarda qoʻl bilan ushlab seziladigan darajada boʻrtib chiqqan boʻladi.

Qogʻozning ichki tuzilmasida portret tasvirning orqa tomonidan mavjudligi — ushbu tasvir yorugʻlikka qarshi qaratilib tekshiriladi.

Mazkur belgilarni aniqlash orqali qalbaki pul sizning choʻntagingizga tushib qolishidan himoyalanishingiz mumkin. Agar qoʻlingizdagi pul haqiqiy ekanligiga shubhangiz boʻlsa, uni istalgan bankka borib tekshirib koʻrishni tavsiya qilamiz.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+