“Poytaxt Bank” AJga yangi rahbar tayinlandi
Pulatov Dilshod Akmalevich Poytaxt Bank AJ boshqaruv raisi etib tayinlandi. Bunga qadar u Octobank AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

“Poytaxt Bank” AJ kuzatuv kengashining qaroriga asosan Pulatov Dilshod Akmalevich bank boshqaruv raisi etib tayinlandi. Bu haqida Korporativ axborot yagona portalida maʼlum qilindi.

Dilshod Pulatov bunga qadar “Octobank” AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Bundan tashqari, Aftab Shaukat Alining “Poytaxt Bank” AJ kuzatuv kengashi aʼzoligidagi vakolatlari muddatidan avval tugatildi. Uning oʻrniga Mirzaqulov Tolibjon Oltinovich bank kuzatuv kengashi aʼzoligiga saylandi.
Octobank’dagi tayinlovlar
Jumayev Xamid Xusenovich Octobank AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga, Shavkiyev Sardor Zavkiyevich esa bank boshqaruv raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Poytaxt bank’ning xususiylashtirilishi
2024 yil iyun oyida Poytaxt bank AJning 100 foiz aksiyalar paketini xususiylashtirish yuzasidan Birlashgan Arab Amirliklarining Bond Invesments Limited LLC kompaniyasi bilan 10 mln dollarlik kelishuvga erishilgan.
Mavzuga doir: Poytaxt bank’ni xususiylashtirish jarayoni toʻliq yakunlandi
Poytaxt bank rahbariyatidagi oʻzgarishlar

2024 yil 24 yanvardan buyon Poytaxt bank AJ boshqaruv raisi lavozimida ishlab kelgan Raxmatov Xasan Utkirovich 2025 yil 24 fevralda Asia Alliance Bank kuzatuv kengashi raisi etib saylangan.

Uning oʻrniga Abjalov Doʻstboy Abdurashidovich Poytaxt bank AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

28 avgust kuni esa Turgunov Abror Kadirovich bank boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangani xabar qilingandi.