11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

13 329.150 so‘m

decrease

-108.120

146.750 so‘m

increase

0.790

11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

Yaqin 2 soat ichida
Bank
38

Paynet aksiyadorlariga yana 238 mlrd soʻm dividend ajratadi

Paynet aksiyadorlik jamiyati 2026 yilning birinchi yarmida olingan sof foyda hisobidan 238,1 mlrd soʻm dividend toʻlashga qaror qildi. Bu oktabr oyida belgilangan dividend miqdoridan bir aksiya hisobida 2,1 baravar koʻp. Toʻlovlar 3 noyabrdan 3 dekabrgacha amalga oshirilishi belgilangan.

Paynet aksiyadorlariga yana 238 mlrd soʻm dividend ajratadi

Paynet aksiyadorlarining 3 noyabr kuni oʻtkazilgan navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida kompaniya sof foydasining bir qismini dividend sifatida taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Bu haqda korporativ axborot portalidagi maʼlumotda qayd etilgan.

Qarorga koʻra, kompaniya 2026 yilning birinchi yarmidagi sof foydadan jami 238 mlrd 58 mln soʻmni dividend toʻlashga yoʻnaltiradi. Har bir joylashtirilgan oddiy aksiyaga 146 soʻmdan toʻgʻri keladi.

Paynet’ning jami 1 mlrd 630 mln 534 ming 413 dona aksiyasi mavjud. Dividendlar pul shaklida toʻlanadi.

Taqqoslash uchun, 5 oktabr kuni kompaniya har bir aksiyaga 68,79 soʻmdan dividend belgilagan edi. Yangi qarorda bu miqdor 112 foizga oshib, 146 soʻmga yetgan.

Birinchi yarim yillik yakunida Paynet 615,5 mlrd soʻm sof foyda olgan. Demak, yangi qaror bilan ushbu foydaning qariyb 38,7 foiziga teng mablagʻ dividend toʻlashga yoʻnaltirilmoqda.

Kompaniya toʻqqiz oylik natijalariga koʻra esa 780,2 mlrd soʻm sof foyda qayd etgan. Bu oʻtgan yilning mos davridagi 330,5 mlrd soʻmlik koʻrsatkichdan 2,4 baravar koʻp.

Foydaning oʻsishida Paynet’ning oʻziga tegishli HUMO toʻlov tizimidan olgan 321,1 mlrd soʻmlik dividend daromadi ham muhim rol oʻynagan. Biroq bu Paynet’ning shoʻʼba kompaniyasidan olgan daromadi boʻlib, aksiyadorlariga toʻlashga qaror qilgan 238,1 mlrd soʻmlik dividenddan alohida hisoblanadi.

Bundan tashqari, 3 noyabrdagi yigʻilishda “FIDOYIAUDIT” auditorlik tashkilotining kompaniya birinchi yarim yillik moliyaviy hisoboti boʻyicha xulosasi maʼlumot uchun qabul qilingan. Paynet’ning dividend siyosati ham tasdiqlangan.

Yigʻilishda barcha masalalar 100 foiz ovoz bilan maʼqullangan.

Dividendlarni toʻlash 3 noyabrda boshlangan va 3 dekabrda yakunlanishi belgilangan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+