“Oʻzmilliybank” 2026 yilning I choragida 603,2 mlrd soʻm sof foyda oldi
Sof foyda koʻrsatkichi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 28,9 foizga oʻsgan.

“Oʻzmilliybank” 2026 yilning I choragi yakunlari boʻyicha moliyaviy hisobotini eʼlon qildi.
Unga koʻra, kompaniya yanvar-mart oylarida 603 mlrd 155 mln soʻm sof foyda oldi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 28,9 foizga yuqoriroqdir. Maʼlumot uchun, 2025 yil birinchi choragida bank 467,9 mlrd soʻm sof foyda olgan edi.
Ushbu davrda bankning jami foizli daromadlari 4,7 trln soʻmga yetdi. Bu avvalgi yil shu davriga nisbatan 15 foizga yuqori. Bankning foizli xarajatlari esa 2,5 trln soʻm boʻlgan.
Birinchi chorakda bank xodimlarning ish haqi va boshqa xarajatlariga 372,2 mlrd soʻm sarflagan. Jami operatsion xarajatlar esa 673,1 mlrd soʻmni tashkil qilgan. Operatsion xarajatlar oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 26 foizga oshgan.
Davlat byudjetiga toʻlanadigan daromad soligʻi 22,5 mlrd soʻmni tashkil etib, bu yoʻnalishda 32,3 foizlik oʻsish qayd etilgan.
Avvalroq Pinkod “Oʻzsanoatqurilishbank” I chorakda 550 mlrd soʻm sof foyda olgani haqida yozgan edi.









