12 179.870 so‘m

increase

8.260

14 079.930 so‘m

decrease

-37.920

148.520 so‘m

decrease

-1.280

12 179.870 so‘m

increase

8.260

11 soat avval
Iqtisodiyot
64

“Oʻzbektelekom” AJ 2025 yilda rekord darajada sof foyda oldi

“Oʻzbektelekom” AJ 2025 yil yakunlari boʻyicha moliyaviy hisobotini eʼlon qildi. Unga koʻra, kompaniya bir yil ichida sof foydasini keskin oshirib, 590,9 mlrd soʻmga yetkazdi. Daromadlar esa 1,5 trln soʻmga koʻpayib, 10,5 trln soʻmni tashkil etdi.

“Oʻzbektelekom” AJ 2025 yilda rekord darajada sof foyda oldi
Foto: AI/Pinkod.uz

“Oʻzbektelekom” AJ 2025 yil yakunlari boʻyicha moliyaviy hisobotini eʼlon qildi. 

Hisobotga koʻra, kompaniya oʻtgan yilda 590,9 mlrd soʻm sof foyda qayd etib, rekord natijaga erishgan. Taqqoslash uchun, 2024 yilda kompaniyaning sof foydasi 41,7 mlrd soʻmni tashkil etgan edi. Shunday qilib, bir yil ichida sof foyda 549,2 mlrd soʻmga oshgan.

Sof foydaning keskin oʻsishi kompaniya daromadlarining koʻpayishi bilan izohlanadi. 2025 yilda “Oʻzbektelekom” daromadi 1,5 trln soʻmga oshib, jami 10,5 trln soʻmga yetgan. Ushbu tushumning 6,7 trln soʻmi mahsulot tannarxiga toʻgʻri keladi.

Hisobot davrida kompaniya xarajatlari ham oshgan. Xususan, umumiy xarajatlar 290 mlrd soʻmga koʻpayib, 2,6 trln soʻmni tashkil etgan. Shundan 878 mlrd soʻm sotish xarajatlari, 697 mlrd soʻm esa maʼmuriy xarajatlar hissasiga toʻgʻri keladi.

2025 yil yakunlariga koʻra, “Oʻzbektelekom”ning umumiy aktivlari 470 mlrd soʻmga oshib, 13,5 trln soʻmga yetgan. Kompaniyaning amaldagi ustav kapitali 326 mlrd soʻmni tashkil etadi.

“Oʻzbektelekom” AJ 2025 yilda davlat byudjetiga 1,36 trln soʻm soliq toʻlovlarini amalga oshirgan. Kompaniya bu borada xizmat koʻrsatuvchi korxonalar orasida ikkinchi, aloqa kompaniyalari ichida esa eng koʻp soliq toʻlovchi kompaniya boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, 2026 yil 25 fevraldan boshlab fond birjasida “Oʻzbektelekom” aksiyalari bilan savdolar ikki oy muddatga toʻxtatilgan. Shu bilan birga, kompaniya ustav fondini qariyb ikki barobarga oshirib, 978,5 mlrd soʻmga yetkazish boʻyicha yirik qaror qabul qilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+