12 187.680 so‘m

decrease

-48.450

14 366.840 so‘m

decrease

-73.020

159.090 so‘m

decrease

-0.010

12 187.680 so‘m

decrease

-48.450

14 soat avval
Bank
69

Oʻzbekistondagi nufuzli bank rahbar xodimi 30 ming dollar pora bilan ushlandi

Toshkent viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonada 73 mlrd soʻmlik soliq va majburiy toʻlovlar qarzdorligi aniqlangan. 

Mazkur qarzdorlikni bartaraf etish evaziga 110 ming dollar talab qilgan yirik tijorat banki rahbar xodimi tezkor tadbirda ushlandi. 

U kelishilgan pulning 30 ming dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Oʻzbekistondagi nufuzli bank rahbar xodimi 30 ming dollar pora bilan ushlandi
Foto: AI/Pinkod.uz

Oʻzbekistondagi yetakchi tijorat banklaridan birining Amaliyot boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari 30 ming dollar miqdoridagi porani olayotgan vaqtida qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati axborot xizmati maʼlum qildi.

Rasmiy xabarda gumonlanuvchi faoliyat yuritayotgan bank nomi oshkor etilmagan.

Aniqlanishicha, Toshkent viloyatida joylashgan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonada oʻtkazilgan tekshiruv natijasida 72 mlrd 956 mln soʻm miqdorida soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik aniqlangan.

Bank xodimi yuqori lavozimli tanishlari orqali mazkur qarzdorlikni “hal qilib berish” evaziga korxona vakillaridan 110 ming dollar talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda boshqa mutasaddi idoralar hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida u kelishilgan summaning 30 ming dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda yana bir bank rahbari va uning sheriklari 120 ming dollarlik kredit mablagʻlarini qimorga tikib yuborgani haqida xabar berilgandi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+