12 920.000 so‘m

decrease

-11.940

14 102.180 so‘m

decrease

-5.270

149.520 so‘m

decrease

-0.660

12 920.000 so‘m

decrease

-11.940

25-fevral, 20:16
Bank

Oʻzbekistondagi jami bank kartalari soni 53,5 mln donadan oshdi

Eng koʻp bank kartalari Xalq bankiga tegishli boʻlib, ularning soni mamlakat aholisi sonining 1/3 qismiga teng.

Toʻlov terminallari orqali tushgan tushumlar boʻyicha esa Aloqabank 46,4 trln soʻm bilan yetakchilik qilmoqda.

Oʻzbekistondagi jami bank kartalari soni 53,5 mln donadan oshdi
Foto: AI / Pinkod.uz

2025 yil 1 yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistondagi muomaladagi bank kartalari soni 53,51 mlnga yetdi. Bu haqida Markaziy bankning toʻlov tizimlari koʻrsatkichlari haqidagi maʼlumotida keltirib oʻtilgan

Eng koʻp bank kartalariga ega tijorat banklari:

Диаграмма: Pinkod.uz
  1. Xalq banki – 12 420 738 ta
  2. Agrobank – 5 384 180 ta
  3. Ipoteka-bank – 4 661 314 ta
  4. Milliy bank – 3 918 891 ta
  5. Ipak Yoʻli banki – 3 041 139 ta

Mamlakat boʻylab jami 426 225 ta toʻlov terminali oʻrnatilgan. Bankomat va infokiosklarning umumiy soni esa 29 909 tani tashkil etadi.

Toʻlov terminallari soni boʻyicha yetakchi banklar:

  1. Xalq banki – 45 663 ta
  2. Milliy bank – 40 121 ta
  3. Agrobank – 36 462 ta
  4. Hamkorbank – 35 154 ta
  5. Ipoteka-bank – 34 535 ta

2024 yil yanvar-dekabr oylarida toʻlov terminallari orqali amalga oshirilgan tushumlarning jami miqdori 326,7 trln soʻmni tashkil etdi. Eng katta tushum Aloqabank tomonidan oʻrnatilgan terminallar hissasiga toʻgʻri kelib, 46,4 trln soʻmni tashkil qilgan.

Bankomat va infokiosklar soni boʻyicha yetakchi tashkilotlar:

  1. Toʻlov tashkilotlari – 13 598 ta
  2. Xalq banki – 3 075 ta
  3. Agrobank – 2 153 ta
  4. Kapitalbank – 1 498 ta
  5. Ipak Yoʻli banki – 948 ta

Avvalroq 2024 yilda mikromoliya tashkilotlari 1 trln soʻm sof foyda koʻrgani maʼlum qilingan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+