11 950.630 so‘m

decrease

-21.710

13 744.420 so‘m

decrease

-41.730

147.700 so‘m

decrease

-0.090

11 950.630 so‘m

decrease

-21.710

1 kun avval
Iqtisodiyot
114

Oʻzbekistondagi ikkita oltin koni dunyoning eng yirik 5 ta oltin koni ichiga kirdi

2024 yilda Oʻzbekistonning Muruntau va Olmaliq oltin konlari dunyoning eng yirik 5 ta oltin koni qatoriga kirdi. Muruntov koni 2024-yilda 2,7 million unsiya, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati esa 1,1 million unsiya oltin ishlab chiqargan. Bu natija bilan mazkur konlar jahon boʻyicha eng koʻp oltin qazib olinuvchi konlar roʻyxatida mos ravishda ikkinchi va beshinchi oʻrinni egalladi.

Oʻzbekistondagi ikkita oltin koni dunyoning eng yirik 5 ta oltin koni ichiga kirdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Bu yil oltin bozori uchun tarixiy davr boʻldi. Geosiyosiy keskinliklar, iqtisodiy beqarorlik va markaziy banklarning oltin zaxiralarini koʻpaytirish siyosati tufayli oltin narxi rekord darajaga koʻtarilib, bir unsiyasi 4 ming dollardan oshdi. Yil boshidan buyon qimmatbaho metallning qiymati qariyb 60 foizga oshgan.

Bu jarayon fonida oltin qazib olish hajmi va yetakchi konlar haqidagi maʼlumotlar yana eʼtiborni tortmoqda. Mining.com va Statista tomonidan eʼlon qilingan hisobotga koʻra, Oʻzbekistonning ikkita koni — Muruntov va Olmaliq konlari 2024 yilda dunyodagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchilar roʻyxatiga kirdi.

Navoiy viloyatida joylashgan Muruntau koni nafaqat Oʻzbekiston, balki butun dunyo miqyosida eng yirik ochiq konlardan biri hisoblanadi. 1960 yillarda ishga tushgan bu kon 2024 yilda 2,7 million (2,68) unsiya oltin ishlab chiqardi. Bu hajm dunyo miqyosida AQShdagi Nevada Gold Mines koni bilan deyarli teng.

Uchinchi oʻrinda Indoneziyaning Grasberg koni joylashgan. 1980 yillarda kashf etilgan bu kon 2024 yilda 1,9 million unsiya oltin ishlab chiqargan. Keyingi oʻrinni esa Rossiyaning Olimpiada koni egallab, 1,4 million unsiya oltin ishlab chiqargan. Ushbu kon 1975 yilda topilgan boʻlib, hanuz mamlakatdagi eng yirik qazib olish markazlaridan biri hisoblanadi.

Oʻzbekistonning ikkinchi yirik oltin manbasi — Olmaliq kon-metallurgiya kombinati esa 2024 yilda 1,1 million unsiya oltin ishlab chiqargan. Bu koʻrsatkich bilan mazkur kon dunyoning eng yirik besh koni qatoriga kirdi.


Oʻzbekistondagi kombinatlar sof foydasi

Muruntov konida qazishma ishlarini olib boradigan Navoiy kon-metallurgiya kombinati birinchi yarim yillikda $1,5 mlrd sof foyda oldi.

Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 633 mln dollarga yoki 71,8 foizga koʻpdir.

Pinkod NKMKning Oʻzbekiston va Buyuk Britaniyada ikkita IPO oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrayotgani haqida yozgan edi. Davlat korxonasi qarzlarni ham hisobga olgan holda taxminan 20 milliard dollarlik baholashga erishishni kutmoqda.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati esa 9 oylik yakunlari boʻyicha 694 million dollar (8,3 trln soʻm) sof foyda oldi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+