12 938.010 so‘m

increase

22.940

14 673.000 so‘m

increase

13.100

158.730 so‘m

increase

2.300

12 938.010 so‘m

increase

22.940

29-aprel, 12:34
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi 5,8 mln soʻmga yetdi

Hududlar kesimida eng yuqori oʻrtacha ish haqi Toshkent shahrida qayd etilgan — 22,7 foizlik oʻsish bilan 9,9 mln soʻm. 

Qashqadaryo, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona va yana 9 ta viloyatda ish haqi respublika darajasidan past boʻlib qolmoqda.

Eng yuqori ish haqi bank va sugʻurta sohasida, eng pasti esa taʼlim hamda sogʻliqni saqlash sohalarida qayd etilgan.

Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi 5,8 mln soʻmga yetdi
Foto: AI / Pinkod.uz

2025 yilning birinchi choragi yakunlariga koʻra Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik nominal ish haqi 5 million 796,1 ming soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotida keltirib oʻtilgan. 

Oʻrtacha ish haqi 2024 yilning shu davriga nisbatan 18 foizga, 2021 yilga nisbatan esa 2 barobarga oshgan.

HududOʻrtacha ish haqi (ming soʻm)Oʻsish (%)
Toshkent shahri9 889 10022,7
Navoiy viloyati7 330 90012,6
Toshkent viloyati5 435 60014,3
Andijon viloyati4 874 50011
Buxoro viloyati4 763 50018,5
Qoraqalpogʻiston Respublikasi4 672 10015
Sirdaryo viloyati4 662 30018,5
Xorazm viloyati4 580 20014,3
Jizzax viloyati4 370 10017,4
Samarqand viloyati 4 353 10017,6
Namangan viloyati4 276 90016,1
Surxondaryo viloyati4 209 10019,1
Fargʻona viloyati4 203 00013,7
Qashqadaryo viloyati4 079 80013,7

Hududlar kesimida eng yuqori oʻrtacha ish haqi Toshkent shahrida qayd etilgan — 22,7 foizlik oʻsish bilan 9 million 889 ming soʻmni tashkil etdi. Keyingi oʻrinlarni esa Navoiy viloyati (7,3 mln soʻm) va Toshkent viloyati (5,4 mln soʻm) egallagan.

Shu bilan birga, Qashqadaryo (4,1 mln soʻm), Fargʻona (4,2 mln soʻm), Qoraqalpogʻiston Respublikasi (4,6 mln soʻm) hamda yana 8 ta viloyatda oʻrtacha ish haqi respublika darajasidan past boʻlib qolmoqda.

Soha kesimida eng yuqori oʻsish axborot va aloqa sohasida kuzatildi — bu sohada ish haqi 26,8 foizga oshib, 14,81 million soʻmga yetgan. Sanʼat, koʻngilochar va dam olish xizmatlari sohasida esa oʻsish 20,2 foizni tashkil etib, oʻrtacha ish haqi 4,83 million soʻmga yetgan.

Eng yuqori oʻrtacha ish haqi bank va sugʻurta sohasida qayd etilgan — 15,84 million soʻm. Biroq bu sohada oʻsish darajasi 19,8 foiz boʻlgan.

Taʼlim sohasida oʻrtacha ish haqi 4,04 million soʻmni tashkil etib, 17,7 foizga oʻsgan. Tashish va saqlash sohalarida esa bu koʻrsatkich 8,71 million soʻm boʻlib, 16 foizlik oʻsish kuzatilgan.

Eng past oʻrtacha ish haqi sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida qayd etilgan — 3,62 million soʻm. Bu sohada oʻsish 11,1 foizni tashkil etgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+