12 285.160 so‘m

decrease

-59.450

14 514.920 so‘m

increase

13.710

148.620 so‘m

decrease

-1.080

12 285.160 so‘m

decrease

-59.450

8 soat avval
Bozor

Oʻzbekistonda oltin quymalar narxi tarixiy rekordni yangiladi

17 sentabr kuni oltin quymasining bir gramm narxi 1,51 mln soʻmga yetib, yil boshidan buyon 30-marta rekord yangiladi. Soʻnggi 12 oyda oltin narxi 38 foizdan koʻproqqa oshgan.

Oʻzbekistonda oltin quymalar narxi tarixiy rekordni yangiladi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi 17 sentabr, chorshanba kuni yana tarixiy maksimumni yangiladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni paytda bir gramm qimmatbaho metall narxi 1 510 660 soʻmni tashkil etmoqda. Ogʻirligi 5 gramm boʻlgan quymaning narxi 7,553 mln soʻmni tashkil etdi.

Joriy yil boshidan buyon oltin mahalliy bozorda 30-marta rekord narxni yangiladi. Sakkiz yarim oy davomida uning narxi 33,4 foizga, yillik kesimda esa 38,3 foizga (1 092 460 soʻmdan) oshgan

Jahon bozorida oltinning bir troya unsiyasi spot narxi $3 675 ni tashkil etmoqda. Bir gramm oltin esa $118.16 ni tashkil qilmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+