11 914.670 so‘m

increase

3.740

13 735.230 so‘m

decrease

-49.290

148.270 so‘m

increase

0.780

11 914.670 so‘m

increase

3.740

8 soat avval
Bank
37

Oʻzbekistonda islomiy moliyalashtirish hajmi 14 barobar oshdi

2025 yilning yanvar–sentabr oylarida mikromoliya tashkilotlari 21,3 trln soʻm miqdorida kreditlar ajratgan. Shundan ular tomonidan koʻrsatilgan islomiy moliyalashtirish xizmatlari hajmi 8,6 mlrd soʻmni tashkil etdi. 

Oʻzbekistonda islomiy moliyalashtirish hajmi 14 barobar oshdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Markaziy bank hisobotiga koʻra, 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida mikromoliya tashkilotlari tomonidan koʻrsatilgan islomiy moliyalashtirish xizmatlari 8,6 mlrd soʻmni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 14 barobar koʻpdir.

Umuman olganda, mikromoliya tashkilotlari va lombardlar mazkur davrda aholiga va tadbirkorlarga 21,3 trln soʻm miqdorida kreditlar ajratgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan ikki barobar koʻp. Kreditlarning 90 foizi (19,2 trln soʻm) mikromoliya tashkilotlariga, 10 foizi (2,1 trln soʻm) esa lombardlarga tegishli.

Ajratilgan kreditlarning 20,5 trln soʻmi yoki 96 foizi jismoniy shaxslarga, 746 mlrd soʻmi yoki 4 foizi esa yuridik shaxslarga toʻgʻri kelgan.

Online kreditlar ulushi tez kengaymoqda

2025 yilning yanvar–sentabr oylarida online kreditlash hajmi mikromoliya tashkilotlarining jami kreditlarida 69 foiz ulushgacha koʻtarilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 26 foiz bandga yuqori natija.

Onlayn kreditlash hajmining keskin oshishi jismoniy shaxslar tomonidan “Uzum Market” elektron platformasi, “Uzum Tezkor” yetkazib berish xizmati va “Uzum Nasiya”ga ulangan boshqa savdo shahobchalardan tovar xom-ashyo sotib olishda, “Tezkoyn” (9,5 trln soʻm) “Shaffof-Moliya” (3,4 trln soʻm) va “Peyleyter” (100 mlrd soʻm) mikromoliya tashkilotlari tomonidan onlayn kreditlar ajratilishi bilan izohlanadi.

Islomiy moliyalashtirish 

Mikromoliya tashkilotlari tomonidan 2025 yilda koʻrsatilgan islomiy moliyalashtirish xizmatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • murobaha (nasiya savdoga asoslangan moliyalashtirish),
  • islomiy ijara (ijara asosidagi moliyalashtirish),
  • muzoraba (foyda taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish).

Mazkur xizmatlarning umumiy hajmi 8,6 mlrd soʻm boʻlib, bu oʻtgan yilga nisbatan 14 barobar oʻsishni anglatadi. Shuningdek, mikromoliya tashkilotlariga Markaziy bank nizomi asosida quyidagi qoʻshimcha shariatga mos moliyaviy xizmatlarni ham koʻrsatish huquqi berilgan:

  • mushoraka (sheriklik — foyda va zararlarni taqsimlash),
  • salam (oldindan toʻlovga asoslangan moliyalashtirish).

Ayni paytda Oʻzbekistonda islomiy banklarni joriy etish boʻyicha qonunchilik asosi yaratilishi kutilmoqda. Bu toʻgʻrisidagi qonun loyhasi Qonunchilik palatasida qabul qilinib Senatga yuborilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+