11 785.300 so‘m

decrease

-9.700

13 695.700 so‘m

decrease

-3.010

136.130 so‘m

increase

0.330

11 785.300 so‘m

decrease

-9.700

Yaqin 1 soat ichida
Bozor
38

Oʻzbekistonda HUMO steyblkoini bilan toʻlov qilish sinovdan oʻtkaziladi

Markaziy bank va Istiqbolli loyihalar milliy agentligi HUMO steyblkoinidan tovar va xizmatlar uchun toʻlov vositasi sifatida foydalanishni sinovdan oʻtkazadi. Bir HUMO qiymati 1 soʻmga teng boʻlib, tokenlar davlat qimmatli qogʻozlari bilan taʼminlanadi. Pilot loyiha dastlab 12 oy davom etadi.

Oʻzbekistonda HUMO steyblkoini bilan toʻlov qilish sinovdan oʻtkaziladi

“HUMO Digital” MChJ 2 sentabr kuni barqaror tokenlar boʻyicha maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi. Kompaniya loyiha doirasida HUMO tokenini chiqarish, muomalaga kiritish va soʻndirish — yaʼni muomaladan chiqarish mexanizmlarini sinovdan oʻtkazadi.

Markaziy bank maʼlumotiga koʻra, bir dona HUMO tokenining qiymati 1 soʻmga teng boʻladi. Undan Oʻzbekiston hududida tovarlar, bajarilgan ishlar va xizmatlar uchun haq toʻlash hamda toʻlovlarni qabul qilishda foydalanish imkoniyati tekshiriladi.

Tokenlarning chiqarilishi Oʻzbekiston davlat qimmatli qogʻozlari bilan taʼminlanadi. 

Amaldagi tartibga koʻra, muomaladagi barqaror tokenlarning umumiy nominal qiymati alohida hisobvaraqdagi mablagʻlar va Markaziy bank foydasiga bloklangan davlat qimmatli qogʻozlari qiymatidan oshmasligi kerak. 

Yaʼni har bir chiqarilgan token uchun kamida unga teng qiymatdagi taʼminot boʻlishi lozim.

Bunda kredit mablagʻlari, garovga olingan aktivlar yoki boshqa shaxslardan jalb qilingan pullardan taʼminot sifatida foydalanish taqiqlangan. Davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha olinadigan daromad esa emitentda qoladi. Mazkur talablar 2026 yil iyulida qonunchilikka kiritilgan.

HUMO Markaziy bank tomonidan chiqariladigan raqamli soʻm emas. Tokenning emitenti “HUMO Digital” MChJ boʻlib, Markaziy bank va Istiqbolli loyihalar milliy agentligi loyihani tartibga soladi hamda monitoring qiladi.

Loyihada “Asterium” AJ hamkor sifatida qatnashadi. Kompaniya kripto-depozitariy, kripto-birja va kripto-doʻkon faoliyati uchun litsenziyalarga ega. Shuningdek, bank, protsessing va blokcheyn infratuzilmalarini HUMO orqali hisob-kitob qilish uchun oʻzaro integratsiya qilish rejalashtirilgan.

Pilot davomida taʼminotning yetarliligi, operatsiyalar shaffofligi, moliyaviy va operatsion xatarlar, kiberxavfsizlik hamda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish darajasi baholanadi. Bundan tashqari, jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi talablarning bajarilishi nazorat qilinadi.

Markaziy bank loyiha pul-kredit siyosatiga mos kelishi hamda moliyaviy va narxlar barqarorligiga xavf tugʻdirmasligini kuzatib boradi. Sinovning dastlabki muddati 12 oy boʻlib, zarur hollarda uzaytirilishi mumkin. Biroq loyihaning umumiy davomiyligi uch yildan oshmasligi kerak.

Hozircha tokenlarning qancha miqdorda chiqarilishi, ularni kimlar sotib olishi, qaysi savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalarida qabul qilinishi hamda amaldagi HUMO kartalari bilan qanday bogʻlanishi ochiqlanmagan. 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+