12 220.980 so‘m

decrease

-54.600

14 495.300 so‘m

decrease

-96.680

158.380 so‘m

decrease

-0.710

12 220.980 so‘m

decrease

-54.600

5 soat avval
Iqtisodiyot
20

Oʻzbekistonda dollar kursi ketma-ket beshinchi sessiyada pasayib, 12 200 soʻmdan pastga tushdi

AQSh dollari qiymati 29,68 soʻmga arzonlab, 12 191,30 soʻmni tashkil etdi. Bu dollar kursining ketma-ket beshinchi savdo sessiyasidagi pasayishidir. Soʻnggi besh sessiya davomida dollar jami 129 soʻmga qadrsizlandi.

Oʻzbekistonda dollar kursi ketma-ket beshinchi sessiyada pasayib, 12 200 soʻmdan pastga tushdi
Foto: AI/Pinkod.uz

Oʻzbekistonda AQSh dollari kursining pasayishi davom etmoqda. Markaziy bank 17 fevraldan boshlab amal qiladigan xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan rasmiy kurslarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, AQSh dollari qiymati 29,68 soʻmga arzonlab, 12 191,30 soʻmni tashkil etdi. Bu dollar kursining ketma-ket beshinchi savdo sessiyasidagi pasayishidir. Soʻnggi besh sessiya davomida dollar jami 129 soʻmga qadrsizlandi.

Avvalroq, 27 yanvardan 10 fevralgacha boʻlgan davrda dollar kursi ketma-ket 11 savdo sessiyasi davomida oʻsish qayd etgan edi.

Dollar kursi boʻyicha qanday prognozlar bor?

Valyuta kursini aniq bashorat qilish deyarli imkonsiz. Masalan, S&P Global avvalroq dollar kursi 13 566 soʻmgacha koʻtarilishini prognoz qilgan edi, biroq amalda kurs yil oxiriga kelib 12 ming soʻm atrofida shakllandi.

Shunga qaramay, ayrim institutlar oʻz prognozlarini eʼlon qilgan. Jumladan, 2026 yilgi davlat byudjetida dollar kursi oʻrtacha 12 350 soʻm darajasida boʻlishi kutilmoqda.

S&P Global’ning yangilangan prognoziga koʻra, 2026 yil yakuniga kelib dollar kursi 12 592 soʻmni tashkil etishi mumkin.

Yevroosiyo taraqqiyot banki ham kurs boʻyicha baholarini taqdim etgan:

  • 2026 yil oxiri — 12 800 soʻm

  • 2027 yil oxiri — 14 100 soʻm

  • 2028 yil oxiri — 15 100 soʻm

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+