11 979.640 so‘m

decrease

-41.580

13 901.170 so‘m

decrease

-77.100

167.520 so‘m

decrease

-2.010

11 979.640 so‘m

decrease

-41.580

4 soat avval
Bank
47

Oʻzbekistonda aholi banklarga koʻproq dollar sotib, kamroq xarid qilmoqda

2026 yilning yanvar–aprel oylarida aholi tijorat banklariga 8,2 mlrd dollarlik valyuta sotdi. Bu davrda jismoniy shaxslarning valyuta xaridi esa 4,4 mlrd dollarni tashkil etdi.

Oʻzbekistonda aholi banklarga koʻproq dollar sotib, kamroq xarid qilmoqda
Foto: AI/Pinkod.uz

2026 yilning yanvar–aprel oylarida ichki valyuta bozorida chet el valyutasiga boʻlgan talab ham, taklif ham sezilarli darajada oshdi. 

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, mazkur davrda yuridik va jismoniy shaxslarning xorijiy valyutaga boʻlgan jami talabi 20,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 24,3 foizga koʻp.

Talabning asosiy qismi yuridik shaxslar hissasiga toʻgʻri keldi. Yanvar–aprel oylarida korxonalar tomonidan qariyb 16 mlrd dollarlik chet el valyutasi xarid qilingan. 

Jismoniy shaxslarning valyuta xaridi esa 4,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, 2025 yilning shu davrida jami talab 16,4 mlrd dollar, 2024 yilda esa 14,7 mlrd dollar boʻlgan.

Shu bilan birga, valyuta taklifi ham yuqori surʼatda oʻsdi. Hisobot davrida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tijorat banklariga sotilgan chet el valyutasi hajmi 18 mlrd dollarga yetdi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 33,9 foizga yoki qariyb 4,6 mlrd dollarga koʻp.

Taklif tarkibida yuridik shaxslar tomonidan sotilgan valyuta hajmi 9,8 mlrd dollarni tashkil etdi. Aholi esa yanvar–aprel oylarida tijorat banklariga 8,2 mlrd dollarlik chet el valyutasini sotgan.

Natijada valyuta taklifi talabga qaraganda tezroq oʻsgan boʻlsa-da, ichki bozorda xorijiy valyutaga boʻlgan umumiy talab taklifdan yuqori boʻlib qoldi. Yanvar–aprel oylarida talab va taklif oʻrtasidagi tafovut taxminan 2,4 mlrd dollarni tashkil etdi.

Mazkur davrda valyuta kursi 11 938–12 320 soʻm/AQSh dollari oraligʻida tebrandi. Davr yakuniga kelib soʻm AQSh dollariga nisbatan 0,6 foizga mustahkamlandi: dollar kursi 12 004 soʻmdan 11 938 soʻmgacha pasaydi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+