12 067.760 so‘m

decrease

-70.910

14 141.000 so‘m

decrease

-35.750

145.640 so‘m

increase

0.280

12 067.760 so‘m

decrease

-70.910

6 kun avval
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston iqtisodiyoti 2025 yilda qanchaga oʻsishi kutilmoqda? — YTTB prognozi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) yangi hisobotida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Moʻgʻuliston iqtisodiyoti boʻyicha prognozlarini eʼlon qildi. Unda Oʻzbekiston iqtisodiyoti 2025 yilda 6,7 foiz, 2026 yilda esa 6 foizga oʻsishi kutilmoqda.

Oʻzbekiston iqtisodiyoti 2025 yilda qanchaga oʻsishi kutilmoqda? — YTTB prognozi
Foto: AI / Pinkod.uz

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Markaziy Osiyo mamlakatlari va Moʻgʻuliston iqtisodiyoti 2025 yilda oʻrtacha 6,1 foizga oʻsishini prognoz qilmoqda. Bu haqda bankning mintaqaviy iqtisodiy koʻrsatkichlarga bagʻishlangan hisobotida qayd etilgan.

Barqaror oʻsishning asosiy omillari sifatida sanoat ishlab chiqarish hajmining kengayishi, ichki talabning yuqoriligi, investitsiyalar oqimi, real ish haqlarining oshishi hamda pul oʻtkazmalarining sezilarli hajmi koʻrsatib oʻtilgan.

2026 yilda ham ijobiy dinamikaga erishilishi kutilmoqda, biroq iqtisodiy oʻsish surʼatlari 5,2% gacha pasayishi ehtimol qilinmoqda. Hisobotda asosiy xatarlar sifatida xomashyo narxlarining oʻzgaruvchanligi, pul oʻtkazmalariga yuqori darajadagi bogʻliqlik va Rossiya hamda Xitoy bozorlariga doimiy qaramlik taʼkidlangan.

YTTB maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston iqtisodiyoti 2025 yilning birinchi yarmida 7,2 foizgacha tezlashgan. Bunga kuchli ichki talab, real ish haqlarining oʻsishi va pul oʻtkazmalarining 28,7 foizga koʻpayishi xizmat qilgan. Natijada xizmatlar sektori 8,2 foizga kengaydi.

Shuningdek, oziq-ovqat va metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqarishining oʻsishi sanoat koʻrsatkichlarini yaxshilagan. Togʻ-kon sohasi esa jahon bozorida oltin narxlarining oshishi hisobiga foyda koʻrib, tabiiy gaz qazib olishdagi pasayishni qoplashga yordam berdi.

Prognozlarga koʻra, Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 2025 yilda 6,7 foiz, 2026 yilda esa 6 foizga oʻsishi kutilmoqda. Bunga kuchli ichki isteʼmol, investitsiyalar oqimi va xorijiy kapital ishtirokida diversifikatsiyalangan ishlab chiqarishning barqaror kengayishi asos boʻladi.

Shuningdek, YTTB prognozlariga koʻra:

  • Qozogʻiston iqtisodiyoti 2025 yilda 5,7 foiz, 2026 yilda 4,5 foizga oʻsadi;
  • Qirgʻiziston — mos ravishda 9 foiz va 6 foiz;
  • Moʻgʻuliston — 5,8 foiz va 5,5 foiz;
  • Tojikiston — 7,5 foiz va 5,7 foiz;
  • Turkmaniston esa 2025–2026 yillarda oʻrtacha 6,3 foiz oʻsish surʼatini saqlab qolishi kutilmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+