12 957.140 so‘m

increase

29.970

14 702.470 so‘m

decrease

-15.110

156.560 so‘m

increase

0.830

12 957.140 so‘m

increase

29.970

28-fevral, 20:37
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston davlat qarzi qanchaga yetdi?

2024-yilda mamlakatning jami davlat qarzi $5 mlrddan ortiqqa koʻpaydi. 

 

Eng asosiy kreditor $7,64 mlrd bilan Jahon banki boʻlgan boʻlsa, xalqaro obligatsiyalar orqali jalb qilingan mablagʻlar $4,1 mlrdga yetdi.

 

Tashqi qarzning deyarli yarmi byudjetni qoʻllab-quvvatlash uchun yoʻnaltirilgan.

Oʻzbekiston davlat qarzi qanchaga yetdi?
Foto: AI / Pinkod.uz

Iqtisodiyot va moliya vazirligining maʼlumotlariga koʻra, 2024 yil davomida Oʻzbekistonning davlat qarzi 2023 yilga nisbatan $5,27 mlrdga oshib, $40,19 mlrdni tashkil etdi. Ushbu oʻsishning asosiy qismi davlat tashqi qarzi hissasiga toʻgʻri kelib, uning miqdori $33,72 mlrd ga yetgan. Ichki qarz esa yil davomida $1,19 mlrdga oshib, $6,47 mlrdni tashkil etdi.

Davlat qarzining YaIMga nisbati

Davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbati 34,4% dan 35% gacha oshdi. Prognozlarga koʻra, 2025 yilda bu koʻrsatkich $45,1 mlrd ga yetib, YaIMning 36,7% ini tashkil etishi kutilmoqda.

Qarz mablagʻlari qayerga sarflandi?

2024 yilda tashqi qarz quyidagi sohalarga yoʻnaltirilgan:

  • Davlat byudjetini qoʻllab-quvvatlash – $15,29 mlrd (45%)
  • Yoqilgʻi-energetika sohasi – $5,74 mlrd (17%)
  • Qishloq va suv xoʻjaligi – $2,91 mlrd (9%)
  • Uy-joy kommunal xoʻjaligi – $2,85 mlrd (8%)
  • Transport infratuzilmasi – $2,85 mlrd (8%)

Mavzuga doir: Davlatlar qayerdan yoki kimdan qarz oladi?


Kimlardan qancha qarz olingan?

Oʻzbekistonning asosiy kreditorlari:

  • Jahon banki – $7,64 mlrd
  • Osiyo taraqqiyot banki – $7,41 mlrd
  • Xitoy taraqqiyot banki va Eksimbank – $3,76 mlrd
  • Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi – $2,88 mlrd
  • Osiyo infratuzilma investitsiya banki (OIIB) – $1,65 mlrd
  • Fransiya taraqqiyot agentligi – $977 mln
  • Islom taraqqiyot banki – $944 mln

Shuningdek, xalqaro obligatsiyalar orqali $4,1 mlrd mablagʻ jalb qilingan. Oʻzbekiston yaqinda umumiy qiymati 1,5 mlrd dollarlik suveren xalqaro obligatsiyalarni jahon moliya bozorlarida joylashtirdi, bu esa mazkur turdagi qarzning ortishiga olib kelishi mumkin.

Maʼlumot uchun, “Fuqarolar uchun byudjet” loyihasida davlat qarzi miqdori 2025 yilda $45,1 mlrdga koʻpayishi, yaʼni YaIMning 36,7 foiziga yetishi prognoz qilinmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+