12 010.430 so‘m

increase

14.290

14 088.230 so‘m

increase

37.150

151.250 so‘m

increase

2.710

12 010.430 so‘m

increase

14.290

5 soat avval
Iqtisodiyot
32

Oʻzbekiston 11 oyda oltin eksporti boʻyicha tarixiy rekord oʻrnatdi

Oʻzbekiston 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida 9,9 mlrd dollardan ortiq oltin eksport qildi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 49,4 foizga koʻpdir. Oltin umumiy eksportning qariyb uchdan bir qismini, tovar eksportining esa 41,6 foizini tashkil etdi.

Oʻzbekiston 11 oyda oltin eksporti boʻyicha tarixiy rekord oʻrnatdi
Foto: AI/Pinkod.uz

Oʻzbekiston 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida rekord miqdorda oltin eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi hisobotida maʼlum qilindi.

Noyabr oyida mamlakat oltin eksportini toʻliq toʻxtatdi. Bu 2025 yil davomida Markaziy bank qimmatbaho metallni sotmagan toʻrtinchi oy boʻldi. Xususan, yanvar, iyun, oktabr va noyabr oylarida oltin eksporti amalga oshirilmagan.

Qolgan oylarda oltin eksporti hajmi quyidagicha boʻldi:

  • fevral — 1,73 mlrd dollar
  • mart — 1,84 mlrd dollar
  • aprel — 1,91 mlrd dollar
  • may — 1,01 mlrd dollar
  • iyul — 1,09 mlrd dollar
  • avgust — 836 mln dollar

Yanvar–noyabr oylarida oltin eksporti umumiy hajmi 9,9 mlrd dollardan oshib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 49,4 foizga oʻsdi. Natijada oltin umumiy eksportning qariyb uchdan bir qismini, tovar eksportining esa 41,6 foizini tashkil etdi.

Shu tariqa, 11 oyda oltin eksporti 2023 yilda qayd etilgan avvalgi tarixiy maksimum — 8,15 mlrd dollarlik koʻrsatkichdan sezilarli darajada oshdi.


Bundan avval noyabr oyida Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ham rekord darajada oshgani xabar qilingan edi. 1 dekabr holatiga koʻra, Markaziy bank zaxiralari 61,23 mlrd dollarni tashkil etib, bir oyda 1,89 mlrd dollarga (3,2 foiz), yil boshidan buyon esa qariyb 48 foizga koʻpaydi. Bu statistik kuzatuvlar boshlanganidan buyon qayd etilgan eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.

Shuningdek, Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK)ning moliyaviy koʻrsatkichlari ham sezilarli darajada yaxshilandi. Kompaniyaning sof tushumi 40,9 foizga oshib, 4 mlrd 715 mln dollarga yetdi. Bu NKMK tarixidagi eng yuqori natija sifatida qayd etildi.

Hisobot davrida kompaniyaning sof foydasi 1 mlrd 515 mln dollarni tashkil etdi. Mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 633 mln dollarga yoki 71,8 foizga koʻpdir.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+