Oʻzbekiston 100 trln soʻmlik davlat aktivlarini sotuvga qoʻyadi
2026 yilgi xususiylashtirish dasturi doirasida 84 ta jamiyatdagi davlat ulushi, 1 242 ta koʻchmas mulk obʼekti va qariyb 8 ming gektar yer savdoga chiqariladi.
Aktivlarning umumiy qiymati 100 trln soʻmga yaqin baholangan boʻlib, ularni sotishdan kamida 14 trln soʻm tushum olish rejalashtirilgan.
Xaridorlarga 15 foizlik avans, 25 foizgacha chegirma va yetti yilgacha foizsiz toʻlov imkoniyati beriladi.

2026 yilda Oʻzbekistonda davlatga qarashli yoki davlat ulushi mavjud 100 trln soʻmlik aktivlar xususiy sektorga taklif qilinadi. Bu haqda prezidentning 28 avgustdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–177-son farmonida belgilangan.
Dastur doirasida 84 ta xoʻjalik jamiyatining ustav kapitalidagi davlat ulushi, 1 242 ta koʻchmas mulk obʼekti va qariyb 8 ming gektar yer uchastkasi savdoga chiqariladi. Bundan tashqari, davlat ishtirokidagi 85 ta korxona tugatiladi yoki qayta tashkil etiladi.
Savdoga qoʻyiladigan aktivlarning umumiy qiymati qariyb 100 trln soʻm deb koʻrsatilgan. 2026 yilning oʻzida ularni realizatsiya qilishdan esa kamida 14 trln soʻm tushum olish rejalashtirilmoqda.
Bundan kim qanday foyda oladi?
Xususiylashtirish davlatga, birinchi navbatda, kamida 14 trln soʻmlik toʻgʻridan-toʻgʻri tushum keltirishi kerak. Ushbu mablagʻ davlat byudjetiga yoki qonunchilikda belgilangan boshqa yoʻnalishlarga tushadi.
Biroq asosiy uzoq muddatli samara sotuv narxidan koʻra kengroq boʻlishi mumkin. Samarasiz yoki boʻsh turgan aktivning xususiy mulkdorga oʻtishi davlatning uni saqlash, taʼmirlash va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini kamaytiradi.
Xususiy investor aktivga qoʻshimcha mablagʻ kiritsa, uning bazasida yangi ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish loyihasi tashkil etilishi mumkin. Natijada yangi ish oʻrinlari, foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliqlar va boshqa byudjet tushumlari paydo boʻladi.
Davlat korxonalari xususiylashtirilishi tegishli bozorlarda raqobatni ham kuchaytirishi mumkin. Xususiy mulkdor xarajatlarni qisqartirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va aktivdan koʻproq daromad olishdan bevosita manfaatdor boʻladi.
Shu bilan birga, bu natijalar avtomatik ravishda yuz bermaydi. Aktivning kimga, qanday narxda va qanday investitsiya majburiyatlari bilan sotilishi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Savdolar yetarli raqobatsiz oʻtsa, narxni pasaytirish va katta chegirmalar davlat mulkining bozor qiymatidan arzon sotilish xavfini oshirishi mumkin.
Avans 15 foizgacha kamaytiriladi, uch oyda sotilmagan aktivlar narxi pasaytiriladi
Davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xarid qilishda avans toʻlovi 15 foiz etib belgilanadi. Uni toʻlash uchun 30 kalendar kun beriladi.
Qolgan summa qonunchilikda belgilangan muddatlarda foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlanadi.
Yirik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotib olayotgan investorlar uchun quyidagi imkoniyatlar beriladi:
- qiymatni olti oyda toʻliq toʻlagan xaridor umumiy summadan 25 foiz chegirma oladi;
- qiymatning 50 foizini olti oyda toʻlagan xaridor qolgan qismini yetti yil davomida foizsiz toʻlaydi;
- qiymatning 35 foizini uch oyda toʻlagan xaridor qolgan summani besh yil davomida foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlashi mumkin.
Ushbu shartlar davlat aktivlari boʻyicha qiymati 23 ming BHMdan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha esa 8 ming BHMdan yuqori bitimlarga tatbiq etiladi.
Muzokaralarga ommaviy taklif qilish yoʻli bilan sotilgan aktivlar uchun bu imkoniyatlar amal qilmaydi.
Yangi imtiyozlar faqat kelgusidagi savdolarga emas, farmon kuchga kirishidan oldin boshlangan xususiylashtirish jarayonlari va oldi-sotdi shartnomalari rasmiylashtirilgan davlat mulkiga ham tatbiq qilinadi.
Ochiq elektron auksion yoki birja savdolarida uch oy davomida sotilmagan davlat aktivining boshlangʻich narxi balans yoki sof aktivlar qiymatidan qatʼi nazar bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytirib boriladi.
Aktiv ikki oy davomida sotilmasa, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi uni bir nechta lotga boʻlib yoki boshqa aktivlar bilan birlashtirib, qayta savdoga qoʻyishi mumkin.
Uch oy xaridor topilmagan obʼektlar “gibrid auksion” — ingliz-golland modeli boʻyicha sotiladi. Dastlab narx har bir qadamda 2 foizdan tushiriladi. Birinchi xaridor taklif bildirganidan keyin esa narx shu summadan oshirib boriladi.
Bu usul bozor talab qilmayotgan aktivning real narxini aniqlashga yordam berishi mumkin.
Yerlar “tayyor paket” shaklida taklif qilinadi
Ayrim yer uchastkalari muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish texnik shartlari va qurilishga ruxsat beruvchi hujjatlar bilan birga savdoga chiqariladi.
Hozir tadbirkor yer sotib olganidan soʻng tegishli hujjatlarni olish uchun olti oydan bir yilgacha vaqt sarflashi mumkin. “Tayyor paket” mexanizmi investorning qurilishni tezroq boshlashiga yordam berishi kerak.
Hujjatlarni ishlab chiqish xarajatlari dastlab mahalliy byudjetdan qoplanadi. Keyinchalik ushbu summa yerning boshlangʻich narxiga qoʻshilib, sotuvdan tushgan mablagʻ hisobidan byudjetga qaytariladi.
Banklarning qarzdorlik evaziga olgan mulklari ham sotiladi
Davlat ulushi kamida 50 foiz boʻlgan tijorat banklari qarzdorlik evaziga balansiga qabul qilgan mol-mulk va ular tashkil etgan investitsiya kompaniyalari aktivlarini yangi mexanizmlar asosida sotishi mumkin.
Banklarga bunday mulklar narxini pasaytirish, boshlangʻich toʻlovsiz yoki foizsiz boʻlib-boʻlib sotish huquqi beriladi. Banklar ushbu operatsiyalarni asosiy bank faoliyati bilan bogʻliq tavakkalchiliklar asosida mustaqil amalga oshiradi.
2030 yil 1 yanvargacha qarzdorlik evaziga bank va investitsiya kompaniyalari balansiga olingan koʻchmas mulk boʻyicha mol-mulk hamda yer soligʻi imtiyozlari beriladi. Mulkning xaridoriga ham toʻliq hisob-kitob qilganidan keyin 12 oy davomida mazkur soliqlardan ozod boʻlish imkoniyati yaratiladi.
Strategik korxonalarda davlat maxsus huquqini saqlaydi
Yirik va strategik ahamiyatga ega korxonalar xususiylashtirilganda davlatning vaqtinchalik maxsus ishtirok etish huquqi saqlab qolinishi mumkin.
Bunday huquq prezidentning alohida qarori asosida joriy etiladi va xususiylashtirishdan oldin ochiq eʼlon qilinishi kerak. Bu mexanizm davlatga milliy xavfsizlik, ijtimoiy barqarorlik yoki aholi manfaatlariga taʼsir qiladigan qarorlarda ishtirok etish imkonini beradi.
Davlat xususiylashtirish komissiyasi tugatiladi
Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi tugatiladi. Uning vakolatlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkaziladi.
Bundan tashqari, 2026 yil 1 oktabrdan ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan kompaniyalar hamda ular nazorat qiladigan korxonalarning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarini hisobga olish Markaziy depozitariy tomonidan amalga oshiriladi.
Raqobat shakllangan sohalarda davlat byudjetidan moliyalashtirish manbasiga ega boʻlmagan yangi davlat muassasalarini tashkil etish ham taqiqlanadi. Tijorat faoliyati bilan shugʻullanayotgan davlat muassasalari 2026 yil 1 dekabrgacha xoʻjalik jamiyatlariga aylantirilishi kerak.
2026–2027 yillarda ommaviy savdolarga chiqariladigan aksiya paketlari
Davlat ishtirokidagi korxonalar tarkibidagi tashkilotlar
| T/r | Tizim yoki taʼsischi | Korxona nomi | THSh | Hudud | Sotiladigan ulush |
|---|---|---|---|---|---|
| 1 | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ | Andijon mexanika zavodi | AJ | Andijon viloyati | 100 foiz |
| 2 | Toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi | Yashil ferma | MChJ | Sirdaryo viloyati | 33,3 foiz |
| 3 | Toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi | Orient Technology | MChJ | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 45,1 foiz |
| 4 | “Olmazor kichik sanoat zonasi” AJ | Uzeltexprom-Motorola-Telekom-Radio | MChJ | Toshkent shahri | 43,3 foiz |
| 5 | “Olmazor kichik sanoat zonasi” AJ | Chegara | MChJ | Toshkent shahri | 20 foiz |
| 6 | “Issiqliktaʼminoti” AJ | Qoʻqonenergomarkaz | MChJ | Fargʻona viloyati | 21,2 foiz |
| 7 | “Uzinfocom” MChJ | “Ustudy” IT taʼlim berish markazi | MChJ | Toshkent shahri | 50 foiz |
| 8 | “Avtogaztaʼminot” MChJ | KO-UNG CYLINDER | QK | Navoiy viloyati | 54,76 foiz |
| 9 | “Avtogaztaʼminot” MChJ | Kor-UNG Investment | QK | Toshkent shahri | 50 foiz |
| 10 | “Elektromagnit moslashuv markazi” MChJ | Telekom chorva-parranda | MChJ | Toshkent viloyati | 21,6 foiz |
| 11 | “Elektromagnit moslashuv markazi” MChJ | Toshagroinvest | MChJ | Toshkent viloyati | 18,86 foiz |
| 12 | “Xalq banki” AJ | XALQ SUG‘URTA | AJ | Toshkent shahri | 100 foiz |
| 13 | “Asakabank” AJ | Sayxun Tomorqa Export | MChJ | Sirdaryo viloyati | 100 foiz |
| 14 | “Navoiyuran” DK | Innovatsion burgʻilash kompaniyasi | MChJ | Toshkent shahri | 25 foiz |
Vazirliklar va davlat muassasalari ishtirokidagi korxonalar
| T/r | Tizim yoki taʼsischi | Korxona nomi | THSh | Hudud | Sotiladigan ulush |
|---|---|---|---|---|---|
| 15 | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Turonbank | AJ | Toshkent shahri | 98,9 foiz |
| 16 | “Interforum” DM | Xalqaro hamkorlik markazi | AJ | Toshkent shahri | 79,27 foiz |
| 17 | “Interforum” DM | Oʻzekspomarkaz | AJ | Toshkent shahri | 91,83 foiz |
| 18 | “Oʻzshaharsozlik LITI” DM | TRASTBANK | AJ | Toshkent shahri | 0,001 foiz |
| 19 | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi | Kommunal taʼminot markazi | DM | Toshkent shahri | 100 foiz |
| 20 | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi | “Oʻzbekiston arxitekturasi va qurilishi” jurnali | MChJ | Toshkent shahri | 100 foiz |
| 21 | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi | Respublika dam olish maskani | DM | Toshkent viloyati | 100 foiz |
| 22 | Energetika vazirligi | Yashil energiya | MChJ | Toshkent shahri | 2,6 foiz |
| 23 | Sogʻliqni saqlash vazirligi | Nevrologiya | MChJ | Toshkent shahri | 80 foiz |
| 24 | Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi | Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti oʻquv-tajriba xoʻjaligi | MChJ | Samarqand viloyati | 100 foiz |
| 25 | Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi | Qoraqalpogʻiston Respublikasi yoʻllardan muntazam foydalanish korxonasi | DM | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 100 foiz |
| 26 | Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi | Qoʻngʻirot yoʻllardan muntazam foydalanish korxonasi | DM | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 100 foiz |
| 27 | Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi | Buxoro yoʻlloyiha | MChJ | Buxoro viloyati | 50 foiz |
| 28 | Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi | Qashqadaryo yoʻllardan muntazam foydalanish korxonasi | DM | Qashqadaryo viloyati | 100 foiz |
| 29 | Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi | “Oʻzyoʻlkoʻprik” klasterining Namangan filiali | DM | Namangan viloyati | 100 foiz |
| 30 | Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi | Avtomagistral | DM | Toshkent viloyati | 100 foiz |
| 31 | Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi | Avtoyoʻlnurtaʼmir | DM | Toshkent shahri | 100 foiz |
Agentliklar va boshqa respublika tashkilotlari
| T/r | Tizim yoki taʼsischi | Korxona nomi | THSh | Hudud | Sotiladigan ulush |
|---|---|---|---|---|---|
| 32 | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | Qumqoʻrgʻon tuman taʼmirlash mexanika zavodi | MChJ | Surxondaryo viloyati | 25 foiz |
| 33 | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | Koʻprikqurilish | AJ | Toshkent shahri | 100 foiz |
| 34 | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi | AJ | Toshkent shahri | 90 foiz |
| 35 | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | Mehnat gigiyenasi | MChJ | Toshkent shahri | 100 foiz |
| 36 | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | Inno texnopark | MChJ | Toshkent shahri | 100 foiz |
| 37 | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | Humo Air | MChJ | Toshkent shahri | 100 foiz |
| 38 | Texnik jihatdan tartibga solish agentligi | CONFORMITY ASSESSMENT CENTER | MChJ | Toshkent shahri | 100 foiz |
| 39 | Texnik jihatdan tartibga solish agentligi | O‘ZBEK-TURK TEST MARKAZI | MChJ | Toshkent shahri | 51 foiz |
| 40 | Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi | V-GEN BIOPHARMA | MChJ | Toshkent viloyati | 50 foiz |
| 41 | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi | Oqtosh pansionati | DM | Toshkent viloyati | 100 foiz |
| 42 | Toshkent viloyati oʻsimliklarni himoya qilish markazi | Oltin koʻz durdonasi | MChJ | Toshkent viloyati | 100 foiz |
| 43 | Toshkent viloyati oʻsimliklarni himoya qilish markazi | Oltinkoʻz zar-zamin | MChJ | Toshkent viloyati | 100 foiz |
Mahalliy hokimliklar ishtirokidagi korxonalar
| T/r | Korxona nomi | THSh | Hudud | Sotiladigan ulush |
|---|---|---|---|---|
| 44 | Namangan avto megastroy savdo kompleksi | MChJ | Namangan viloyati | 51 foiz |
| 45 | Ixtisoslashtirilgan qurilish mollari savdo kompleksi | MChJ | Namangan viloyati | 51 foiz |
| 46 | Yashil dehqon bozori | MChJ | Namangan viloyati | 68 foiz |
| 47 | Doʻstlik savdo sanoat kompleksi | MChJ | Namangan viloyati | 51 foiz |
| 48 | Chust dehqon bozori | MChJ | Namangan viloyati | 51 foiz |
| 49 | Yangiqoʻrgʻon dehqon bozori | MChJ | Namangan viloyati | 51,42 foiz |
| 50 | Toʻraqoʻrgʻon markaziy dehqon bozori | MChJ | Namangan viloyati | 51 foiz |
| 51 | Samarqand uy-joy taʼmir professional boshqaruv tashkiloti | DM | Samarqand viloyati | 100 foiz |
| 52 | Toyloq dehqon bozori | MChJ | Samarqand viloyati | 51 foiz |
| 53 | Samarqand innovatsion avtomobillar bozori | MChJ | Samarqand viloyati | 51 foiz |
| 54 | Gulobod yogʻoch savdo kompleksi | MChJ | Samarqand viloyati | 51 foiz |
| 55 | Lolazor Denov Barakat | MChJ | Surxondaryo viloyati | 51 foiz |
| 56 | Jarqoʻrgʻon dehqon oziq-ovqat bozori | MChJ | Surxondaryo viloyati | 54,6 foiz |
| 57 | Qibray dehqon bozori | MChJ | Toshkent viloyati | 51 foiz |
| 58 | “Fargʻona Yusufxon fayzi” qurilish mollari savdo kompleksi | MChJ | Fargʻona viloyati | 51 foiz |
| 59 | Rapqon dehqon bozori | MChJ | Fargʻona viloyati | 51 foiz |
| 60 | Yakkatut dehqon bozori | MChJ | Fargʻona viloyati | 52,1 foiz |
| 61 | Beshariqlik Umarovlar fayzi | MChJ | Fargʻona viloyati | 51 foiz |
| 62 | Beshariq Turon sanoat savdo kompleksi | AJ | Fargʻona viloyati |









