12 025.330 so‘m

decrease

-31.990

14 162.230 so‘m

decrease

-30.440

155.250 so‘m

increase

0.090

12 025.330 so‘m

decrease

-31.990

05-noyabr, 2025
Bank
228

Oʻz-oʻziga kredit olishni taqiqlash xizmatidan asosan erkaklar foydalanmoqda

Oʻzbekistonda qariyb 150 ming fuqaro oʻz ixtiyori bilan kredit olishni taqiqladi. Xizmatdan foydalanganlarning 68 foizini erkaklar tashkil qildi.

Oʻz-oʻziga kredit olishni taqiqlash xizmatidan asosan erkaklar foydalanmoqda
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekistonda qariyb 150 ming fuqaro oʻz ixtiyori bilan kredit olishni taqiqlagan. Bu haqda Kredit-axborot tahlil markazi (KATM) oʻzining Telegram-kanalida maʼlum qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, 1-oktabr holatiga 149 465 nafar jismoniy shaxs bepul “Kreditga taqiq” xizmatiga ulangan.

Gender kesimida erkaklar aniq ustunlik qiladi. Erkaklar 101,4 mingni, ayollar esa 47,9 ming kishini tashkil etadi. Shunday qilib, xizmat foydalanuvchilarining qariyb 68 foizi erkaklardir.

Yosh toifalari boʻyicha, eng faol foydalanuvchilar — 26–35 yoshdagilar boʻlib, ular barcha foydalanuvchilarning uchdan bir qismini tashkil etadi. Keyingi oʻrinlarda 36–45 yoshdagilar (25,6%) va 26 yoshgacha boʻlganlar (19,2%) joy olgan.

Xizmat ishga tushgan iyun oyida 33,1 ming kishi undan foydalangan boʻlsa, keyingi oylarda bu koʻrsatkich barqaror oʻsdi: 

  • iyulda — 37,6 ming;
  • avgustda — 37,8 ming;
  • sentabrda — 40,8 ming kishi.

Oktabr oyi uchun maʼlumotlar hali eʼlon qilinmadi.

“Kreditga taqiq” xizmatini yoqish yoki oʻchirishning toʻrt xil usuli mavjud:

1. KATM mobil ilovasi orqali;

2. Portal.infokredit.uz saytida shaxsiy kabinet orqali;

3. My.gov.uz portali orqali;

4. Davlat xizmatlari markazlari orqali.

Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+