12 160.990 so‘m

decrease

-72.680

14 178.500 so‘m

decrease

-55.380

153.920 so‘m

decrease

-0.920

12 160.990 so‘m

decrease

-72.680

2 kun avval
Bozor

Oltin quymalari narxi rekord darajada oshdi

17 oktabr holatiga koʻra, 1 gramm oltin 1 million 760 ming soʻmni tashkil etmoqda. 5 grammli quymaning narxi esa 8,8 million soʻmdan oshib, yil boshidan beri 44-marotaba rekordni yangiladi. Soʻnggi 12 oyda quymalar narxi 55 foizga oshgan boʻlib, bu koʻrsatkich bank depozitlari va koʻchmas mulk bozoridagi oʻsishdan sezilarli yuqori.

Oltin quymalari narxi rekord darajada oshdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi yana tarixiy rekordni yangiladi. 

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 2025 yil 17 oktabr holatiga bir gramm oltin quymasining narxi 1 million 760 ming soʻmni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 5 grammli oltin quymasi ilk marotaba 8,8 million soʻmdan oshdi. Markaziy bank tomonidan eʼlon qilingan oltin quymalarining amaldagi narxlari quyidagicha:

  • 5 gramm — 8 801 000 soʻm
  • 10 gramm — 17 601 000 soʻm
  • 20 gramm — 35 203 000 soʻm
  • 50 gramm — 88 007 000 soʻm
  • 100 gramm — 176 013 000 soʻm

Yil boshidan beri oltin quymalari 44 marotaba rekord narxni yangiladi. Soʻnggi 12 oy ichida ularning qiymati 55 foizga oshgan. 

Jahon bozorida ham oʻsish davom etmoqda

Xalqaro bozorlarda ham oltin narxi oʻsishda davom etmoqda. 17 oktabr kuni jahon kotirovkalarida oltinning bir unsiyasi 4 380 dollargacha koʻtarildi. Xabar tayyorlanayotgan paytda qimmatbaho metall 4 362 dollar atrofida savdo qilinmoqda.

Oltin 5 ming dollarga chiqishi mumkin

Bank of America tahlillariga koʻra, 2026 yilga borib oltinning bir unsiyasi 5 000 dollar, kumush esa 65 dollargacha yetishi mumkin. 

Bank hisobotida oltinning oʻrtacha yillik narxi 4 438 dollar, kumushniki esa 56,25 dollar boʻlishi kutilmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, global iqtisodiy beqarorlik, markaziy banklarning oltin zaxiralarini oshirishi va foiz stavkalarining pasayishi bu oʻsishning asosiy sabablari hisoblanadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+