12 128.020 so‘m

increase

29.900

14 419.000 so‘m

increase

65.790

158.520 so‘m

decrease

-0.120

12 128.020 so‘m

increase

29.900

7 soat avval
Bozor
38

Oʻzbekistonda oltin narxi bir yil ichida qariyb 75 foizga oshdi

Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi ketma-ket yettinchi kun rekord darajani yangiladi. 28 yanvar kuni 5 grammlik oltin quymasining narxi qariyb 10,3 mln soʻmga yetdi. Shu bilan birga, jahon bozorlarida oltin kotirovkalari tarixda ilk bor 5 200 dollardan oshib, qimmatbaho metall narxi yangi maksimumni qayd etdi.

Oʻzbekistonda oltin narxi bir yil ichida qariyb 75 foizga oshdi
Foto: AI/Pinkod.uz

Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi ketma-ket yettinchi kun rekord darajani qayd etdi. 28 yanvar holatiga koʻra, bir gramm oltin narxi 1 foizga oshib, 2 058 250 soʻmni tashkil qildi.

5 grammli oltin quymasi esa bir kun ichida yana 104 ming soʻmga qimmatlab, deyarli 10,3 million soʻmdan sotilmoqda. Ikki kun avval mazkur quymaning narxi ilk bor psixologik muhim boʻlgan 10 million soʻm chegarasidan oshgan edi. 

Oltin quymalarning sotish va qaytarib sotib olish narxlari quyidagicha:

Maʼlumotlarga koʻra, Yanvar oyidan beri oltin narxi 18,85 foizga koʻtarilgan. Soʻnggi bir yil davomida esa qimmatbaho metallning qiymati 74,7 foizga oshgan.

Jahon bozorida oltin narxi

Jahon bozorlarida ham oltin narxi oʻsishda davom etmoqda. Soʻnggi sutka ichida oltin kotirovkalari 1,5 foizga oshib, yangi tarixiy rekordni yangiladi. Savdolar davomida bir troya unsiya oltin 5 267 dollargacha koʻtarildi. Bu bir gramm toza oltin 169 dollardan oshganini bildiradi.

Xabar tayyorlanayotgan paytda qimmatbaho metallning bir unsiyasi 5 259 dollar atrofida savdo qilinmoqda.

Tahlilchilarga koʻra, oltin narxining keskin koʻtarilishiga markaziy banklarning AQSh dollariga bogʻliqlikni kamaytirish maqsadida oltin zaxiralarini faol xarid qilayotgani, global geosiyosiy noaniqliklar hamda dollar kursining zaiflashuvi asosiy omil boʻlmoqda. Bu holat oltinni boshqa valyutalar egalariga yanada jozibador qilmoqda.

Yirik moliyaviy institutlar oltin bozoridagi “bull run” davom etishini kutmoqda. Xususan, Deutsche Bank va Bank of America tahlilchilariga koʻra, agar hozirgi sharoitlar saqlanib qolsa, 2026 yil oxiriga kelib oltin narxi bir unsiya uchun 6 ming dollargacha yetishi mumkin.

Shu bilan birga, kumush narxi ham tarixiy maksimal darajaga chiqdi. 2026 yil 28 yanvar holatiga koʻra, kumush bir unsiyasi 115 dollar atrofida savdo qilinmoqda. Kun davomida narx hatto 117,75 dollargacha yetib, 100 dollarlik chegarani qatʼiy ortda qoldirdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+