12 920.000 so‘m

decrease

-11.940

14 102.180 so‘m

decrease

-5.270

149.520 so‘m

decrease

-0.660

12 920.000 so‘m

decrease

-11.940

10-fevral, 12:06
Bozor

Oltin narxi uch oy ichida bir unsiya uchun $3 000 gacha chiqadi — Citibank

Yangi boj tariflari va geosiyosiy noaniqliklar fonida Citibank qisqa muddatli va oʻrtacha narx prognozlarini yangiladi.

Oltin narxi uch oy ichida bir unsiya uchun $3 000 gacha chiqadi — Citibank
Foto: AI / Pinkod.uz

Dunyoning yetakchi banklari, geosiyosiy noaniqliklar fonida 2025 yil davomida oltin narxlari yuqori darajada qolishini va $3,000 ga yetishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Mazkur oʻsishning asosiy omillaridan biri, AQSh Prezidenti Donald Trampning tajovuzkor savdo siyosati boʻlib, Kanada, Meksika va Xitoy kabi asosiy savdo hamkorlariga qoʻshimcha tariflar joriy etishi natijasida bu davlatlar javob choralarini koʻrmoqda.

Citibank ushbu oʻzgarishlarga asosan oltinning qisqa muddatli (0-3 oy) narx prognozini $2,800 dan $3,000 gacha oshirdi, 6-12 oy muddatga boʻlgan prognozini esa oʻzgarishsiz – $3,000 darajasida qoldirdi. Bank, shuningdek, 2025 yil uchun oʻrtacha narx boʻyicha taxminini $2,800 dan $2,900 ga oshirdi.

“Trampning ikkinchi prezidentlik davrida savdo urushlari va geosiyosiy tarangliklar zaxiralarni diversifikatsiya qilish hamda dollardan voz kechish (de-dollarizatsiya) jarayonini kuchaytirib, rivojlanayotgan bozorlarda markaziy banklarning oltin talabini oshirishi kutilmoqda”, — deb yozdi Citibank oʻz hisobotida.

 

“Biz oltinning oʻsishini davom ettirishini kutmoqdamiz, chunki u iqtisodiy oʻsish va boshqa xavflarga qarshi himoya vositasi sifatida xizmat qiladi. Bu xavflarga savdo urushlari, hanuz yuqori boʻlgan foiz stavkalarining iqtisodiy oʻsishga taʼsiri, AQSh mehnat bozorining barqaror yomonlashuvi, AQShdan tashqaridagi valyuta qadrsizlanish xavfi va AQSh fond bozori pasayish ehtimoli kiradi”, — deb qoʻshimcha qilgan bank.

Oltin oʻsishda davom etmoqda. Chorshanba kuni narxlar yangi tarixiy rekord daraja — 2,882 dollarga yetdi. Ketma-ket besh kunlik oʻsishning asosiy sabablaridan biri yirik iqtisodiyotlar oʻrtasidagi kuchayib borayotgan savdo tarangligi, iqtisodiy oʻsish boʻyicha ortib borayotgan xavotirlar va AQSh Federal Rezerv tizimining foiz stavkalari boʻyicha kelajakdagi qarorlarining noaniqligi boʻldi. 


Mavzuga doir: 2025 yilda oltin narxi bilan nimalar sodir boʻladi?


Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+