11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

13 329.150 so‘m

decrease

-108.120

146.750 so‘m

increase

0.790

11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

1 soat avval
Bank
84

“Oʻgʻirlash qurboni aslida menman” — Qahramonjon Olimov oʻziga nisbatan ayblovlarni rad etdi

ANORBANK aksiyalarining 49,4 foiziga egalik qiluvchi Qahramonjon Olimov oʻziga qoʻyilgan ayblovlarni rad etib, ularga qarshi sudda kurashayotganini maʼlum qildi. Tadbirkor 2025 yil iyun oyida Parijda oʻgʻirlab ketilib, ikki kun tutqunlikda saqlanganini aytmoqda. Uning bildirishicha, Parijdagi oʻgʻirlash ishi boʻyicha besh kishi sudgacha qamoqda saqlanmoqda, yana ikki shaxs sud nazoratiga olingan.

“Oʻgʻirlash qurboni aslida menman” — Qahramonjon Olimov oʻziga nisbatan ayblovlarni rad etdi

ANORBANK aksiyadori Qahramonjon Olimov unga nisbatan qoʻyilgan ayblovlar va 2025 yilda Parijda yuz bergan voqealar boʻyicha ilk bor batafsil bayonot berdi. Bayonot 16 oktabr kuni Olimovning Fransiyadagi advokatlari — FEDIDA ASSOCIES nomidan eʼlon qilindi.

Olimovning aytishicha, u 2025 yil 24 iyun kuni Parijda oʻgʻirlab ketilgan, ikki kun tutqunlikda saqlanib, qiynoqqa solingan va ozod qilinishi uchun pul toʻlashga majburlangan.

“Soʻnggi bir yarim yil davomida men va oilam bir qator hujumlarga uchrab keldik va men buni jinoiy hamda noqonuniy holat deb hisoblayman. Men ushbu bayonotni notoʻgʻri axborotni toʻgʻrilash hamda mazkur voqealar yuzasidan haqqoniy maʼlumot berish maqsadida taqdim etmoqdaman”, — deydi tadbirkor.

U Fransiya politsiyasi olib borgan tergov natijasida besh kishi hibsga olinib, sudgacha qamoqda saqlanayotganini bildirdi. Yana ikki shaxs sud nazoratiga olingan. Olimov gumonlanuvchilarni garov evaziga ozod qilish haqidagi iltimosnomalar ham rad etilganini maʼlum qildi.

Mazkur maʼlumotlar Olimovning bayonotida keltirilgan boʻlib, Fransiya huquqni muhofaza qiluvchi organlarining ochiq xabari bilan hozircha tasdiqlanmagan.

“Oʻzim odam oʻgʻirlash jinoyati qurboni boʻlganimga qaramay, Oʻzbekiston tomonidan odam oʻgʻirlashda ayblanib, Interpolning qizil bildirishnomasi orqali xalqaro qidiruvga berilganim bemaʼnilik”, — dedi Olimov.

U oʻziga qoʻyilgan ayblovlarni “toʻqima” deb atab, ularga qarshi sudda kurashayotganini bildirdi. Shuningdek, uning nomiga chiqarilgan qizil bildirishnoma Interpol saytidan olib tashlanganini maʼlum qildi.

Oʻzi nimalar boʻldi?

Sentabr oyi oxirida Interpol saytida Olimovga oid qizil bildirishnoma joylashtirilgan, biroq ochiq kartochkada qidiruv sababi koʻrsatilmagan edi. Keyinchalik mazkur sahifa tashkilot saytidan yoʻqoldi.

Avvalroq The Insider nashri manbalariga tayanib, Oʻzbekiston sudi Olimovni sirtdan hibsga olish haqida qaror chiqargani va xalqaro qidiruvga berganini yozgan edi. Nashr Parijdagi oʻgʻirlash voqeasi sahnalashtirilgan boʻlishi mumkinligini ilgari surgan. Olimov esa bu daʼvolarni qatʼiyan rad etmoqda.

Qahramonjon Olimov ANORBANK aksiyalarining 49,4 foiziga egalik qiladi. U 2 oktabr kuni bank Kuzatuv kengashi tarkibidan chiqish uchun ariza bergan, biroq masala 28 oktabrdagi aksiyadorlar yigʻilishida koʻrib chiqiladi. Shu vaqtgacha u rasman Kuzatuv kengashi aʼzosi boʻlib qoladi.

ANORBANK aksiyalarining 50 foizi Niderlandiyada roʻyxatdan oʻtgan Bekamin B.V. kompaniyasiga, qolgan 0,6 foizi esa “Kapital sugʻurta” AJga tegishli.

Markaziy bank avvalroq alohida aksiyador bilan bogʻliq vaziyat ANORBANKning joriy operatsion faoliyati va moliyaviy barqarorligiga bevosita taʼsir koʻrsatmasligini bildirgan. 2026 yil 1 sentabr holatiga bank aktivlari 21,4 trln soʻmni, majburiyatlari esa 19,8 trln soʻmni tashkil etgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+